Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda COVID-19 kasalligini aniqlovchi test ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

Ilg‘or texnologiyalar markazi olimlari tomonidan ishlab chiqilgan COVID-19 kasalligini aniqlovchi test sistemasini markazning startaplaridan biri bo‘lgan “Biotest- LAB” MChJ tomonidan ommaviy ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Startap har hafta 100 mingtagacha test-sistemasi ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu haqda “Yangi O‘zbekiston” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazida 100 ming dona test tizimini o‘z ichiga olgan navbatdagi partiya tayyorlandi. Ulardan 40 ming donasi Jizzax, Andijon va Toshkent shahri sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentlik laboratoriyalariga hamda Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga topshirildi. Qolgan 60 mingtasi ham boshqa viloyatlarga chiqariladi.
Ta’kidlanishicha, COVID-19 kasalligini keltirib chiqaruvchi SARS-CoV-2 koronavirusi 227 mamlakatga tarqalgan bo‘lib, koronavirusni aniqlovchi test sistemalariga kun sayin talab ortib bormoqda. Koronavirusni o‘z vaqtida aniqlash, davolash muolajalarini erta yo‘lga qo‘yish, kasallik olib keladigan asoratlarni bartaraf etish, kasallikning tarqalishining oldini olish imkoniyatini yaratadi.
Hozirgi kunda SARS-CoV-2 koronavirusni aniqlovchi ekspress, IFA, PZR testlari mavjud bo‘lib, PZR (polimer zanjir reaksiyasi) testi analoglariga nisbatan yuqori sezgirlikka ega. Shu kungacha mamlakatga PZR testi import qilinib kelinmoqda va borgan sari unga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Hozirgi kunga kelib respublikada kuniga 20 000 test o‘tkazilishga talab mavjud.
“Biotest-SARS-CoV-2” reagentlar to‘plami o‘tkir respirator sindrom COVID-19’ni qo‘zg‘atuvchi SARS-CoV-2 koronavirusining RNKsini “real vaqt” rejimida PZR usulida burun-halqum shilliq pardasida aniqlash uchun ishlab chiqilgan. Ushbu to‘plam yangi koronavirus genomining ikki sohasida — RdRP va N genlarida COVID-19 o‘tkir respiratorli infeksiyani klinik va diagnostik tekshirish uchun mo‘ljallangan, test natijalari qo‘shimcha tasdiqlashni talab qilmaydi.
Mahalliy PZR test sistemasiga reaksiyalarning sifatini tekshiruvchi ko‘rsatkichlar ham kiritilgan. Bu ekspress-test emas, balki to‘laqonli test bo‘lib, natijalar 5-6 soatdan keyin aniq bo‘ladi hamda faqat maxsus laboratoriyalarda qo‘llash mumkin.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2284 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Koronavirus, O‘zbekistonda, Test, COVID-19
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:13
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное