Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

COVID-19 o‘lim darajasi bo‘yicha boshqa viruslar bilan taqqoslandi

Sankt-Peterburgdagi Paster nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-ishlab chiqarish instituti direktori o‘rinbosari Aleksandr Semyonov atipik pnevmoniya o‘lim darajasi bo‘yicha koronavirusdan yomon ekanini ma’lum qildi. U Noila Asqarzodaning “Xavfli virus” filmida shu haqda fikr bildirgan.

“O‘lim darajasi bo‘yicha Yaqin sharq respirator sindromi virusi (MERS) va g‘ayrioddiy zotiljam virusi (SARS) hozirgi COVID-19 dan ancha xavfliroq”, degan Semyonov. Shu bilan birga, Semyonov koronavirus pandemiyasi nihoyasiga yetmaginini va yakuniy xulosani keyinroq berish mumkinligini qo‘shimcha qildi, deydi "qalampir.uz".
Ma’lumot uchun, 2002 yildagi atipik pnevmoniya SARS`dan 8096 nafar odam kasallangan, shulardan 774 nafari (o‘lim darajasi 9,6 foiz) halok bo‘lgan. 2012 yilda tarqalgan Yaqin Sharq respirator sindromi MERS-CoV virusidan 2494 nafar odam kasallanib, ularning 858 (o‘lim darajasi 34,4 foiz) nafari qurbon bo‘lgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 1 159 515 nafarga yetdi. Ularning 237 436 nafari kasallikdan forig‘ bo‘lgan va 62376 nafari vafot etgan.


Manba:aniq.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 5516 | Рейтинг: 0| Рейтинг: COVID-19, Koronavirus, o'lim
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное