Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » Bollewood (Xindiston yangiliklari)

Hind aktrisasi Ayshvariya Ray koronavirusdan tuzaldi

Koronavirus tasdiqlangan hind aktrisasi Ayshvariya Ray va uning qizi Aradxya shifoxonadan chiqdi, deya «Twitter»da xabar berdi Rayning turmush o‘rtog‘i, hind aktyori Abxishek Bachchan.

«Yaxshi tilak va duolaringiz uchun barchangizga minnatdorlik bildiraman... Ayshvariya va Aradxyaning test natijalari, xayriyatki, yaxshi chiqdi. Endi ular shifoxonadan chiqib, uyda bo‘lishadi. Otam bilan birga tibbiyot xodimlari nazoratida shifoxonada qolamiz», — deb yozadi Bachchan.
Avvalroq Bollivud yulduzi Amitabx Bachchan va uning o‘g‘lida koronavirus aniqlangani haqida xabar bergandik. Abxishekning ma’lum qilishicha, ularda kasallik yengil shaklda o‘tmoqda.
Ayshvariya Ray — aktrisa va 1994 yilgi «Dunyo go‘zali» tanlovi g‘olibi. U Bollivudning eng ko‘hna va eng nufuzli «Filmfare Awards» mukofoti hamda Hindistonning oliy davlat mukofotlaridan biri bo‘lgan Padma Shri sohibasidir.
Amitabx Bachchan — Hindistondagi eng mashhur aktyorlardan biri, ko‘plab hind filmlarida suratga tushgan. Uchta Milliy kinomukofot va 11 ta «Filmfare Awards» mukofotini qo‘lga kiritgan. Hindistonning oliy darajadagi mukofotlari bilan taqdirlangan.
Uning o‘g‘li Abxishek – Hindistonda taniqli aktyor va prodyuser. Ikkinchi plandagi eng yaxshi erkak roli uchun uchta «Filmfare Award» mukofotidan tashqari Abxishek 2009 yilda eng yaxshi film uchun Milliy kinomukofotga sazovor bo‘lgan.


Manba:xabar.uz
Категория: Bollewood (Xindiston yangiliklari)
Просмотров: 2939 | Рейтинг: 0| Рейтинг: tuzaldi, Ayshvariya Ray, Koronavirus, COVID-19
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное