Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Pazanda - The Sound of Love
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Samomiy Ishq-soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda yana 12 bemor koronavirusdan sog‘aydi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan yana 12 nafar bemor sog‘ayganini ma’lum qildi. Ularning besh nafariga Buxorodagi, uch nafariga esa Xorazmdagi, to‘rt nafariga Farg‘onadagi kasalxonadan javob berilgan.

Buxoroda sog‘ayganlarning barchasi charter reys orqali Turkiyadan Buxoroga kelgan bo‘lib, “Sitorai Mohi Xosa” sanatoriysida karantinga olingan edi. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Bemorlarning bir nafari erkak, to‘rt nafari ayollardir. Ulardan uch nafari Toshkent shahridan, qolgan ikki kishi Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridan. Ular orasida eng yoshi kattasi 54 da bo‘lsa, eng kichigi 22 yoshda.
Xorazmda davolangan bemorlarning bari charter reys orqali Rossiyadan olib kelingan. 61, 47 va 29 yoshdagi bemorlarning uchalasi erkak, Buxoro, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlaridan.
Farg‘onada sog‘ayganlarning uch nafari (ikki nafari Toshkent shahridan, bir nafari esa Andijon viloyatidan) charter reys orqali Turkiyadan kelgan. Bir nafar farg‘onalik bemor esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirgan. Bemorlarning uch nafari erkak, bir nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 59 da bo‘lsa, eng yoshi kichigi 22 yoshda.
Bungacha Buxoroda davolanayotgan bemorlarning 39 nafari, Xorazmda uch nafari, Farg‘onada esa ikki nafari sog‘aygani haqida xabar berilgan edi. Shunday qilib, 18-aprel soat 14:30 holatiga ko‘ra O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusdan butkul sog‘ayganlar soni 168 kishiga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, 18-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra O‘zbekiston bo‘yicha koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 1450 ta holat aniqlangan; o‘tgan vaqt davomida kasallikka chalingan to‘rt bemor vafot etgan.
Bundan tashqari, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, xorijdagi 73 nafar vatandoshda ham koronavirus aniqlangan, ularning kamida to‘rt nafari vafot etgan. Vafot etganlarning uch nafari AQShda, bir nafari esa Rossiyada bo‘lib turgan edi.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2029 | Рейтинг: 0| Рейтинг: tuzaldi, Koronavirus
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:46
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное