Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Yana 3 nafar: O‘zbekistonda 6 yoshli qizaloq koronavirusni yengdi

Yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni samarali davolash jarayonida minglab tibbiyot xodimlarining matonati va fidoyiligiga hammamiz guvoh bo‘lib turibmiz. Bunda mamlakatimizning barcha hududlarida shifokorlar astoydil mehnat qilishmoqda.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Namangan viloyatlari yuqumli kasalliklar shifoxonalaridan bir nafardan, jami 3 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sog‘aydi. Ular Qoraqalpog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Tuzalganlardan bir nafari 6 yoshli qizaloq Nukus shahridan, yana bir nafari 33 yoshli erkak Andijon shahridan hamda yana bir nafar 46 yoshli ayol Namangan shahridan bo‘lib, barchasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan.
Ushbu bemorlarning tuzalishida tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan shifokorlarimizning hamjihatlikda samarali davolash muolajalari olib borganliklari muhim ahamiyat kasb etdi.
Hozirga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar 171 nafarga yetdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Manba:aniq.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2380 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Koronavirus, tuzaldi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное