Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Ayol Qalbi - You can't say
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Merlin-Soundtreck
. Pazanda - Im Loving You
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
Главная » Файлы » SOG'LIK

Isitma koʼtarilishi qachon xavfli?

Tana haroratining 37 darajagacha koʼtirilishi immun tizim uchun faqat foydali. Organizm kasallik bilan kurashib, uni tabiiy yoʼl bilan yengadi. Natijada organizmning immun tizimi yanada kuchayib, keyinchalik turli kasaliklarga odam chidamli boʼladi, shamollashni yengil oʼtkazadi yoki umuman xastalanmaydi. Аmmo tana harorati 39 darajadan yuqori boʼlsa, zudlik bilan “tez yordam” chaqirish kerak. Negaki, baland harorat yurak urishini tezlashtiradi. Misol uchun, 39-darajali isitmada tomir urishi 100-110 gacha oshadi. Bu koʼrsatkich 120-130 ga yetishi sogʼliq uchun xavfli.

Shuningdek, kasallikning 3 kunida tana haroratingiz tushib, 5-6 kunlarida 38 darajadan yuqori boʼlsa, tezroq shifokor chaqirish kerak.
ISITMАT SHАMOLLАSHDА BOʼLАDIMI?
Tana haroratning koʼtarilishi nafaqat nafas yoʼllari infektsiyalari, balki ovqatdan zaharlanish, ichak grippi kasalligida ham kuzatiladi. Аyniqsa yosh bolalarda bunday paytda tana harorati 38 darajadan yuqori boʼladi. Bola ovqatdan bosh tortadi, koʼngli behuzur boʼladi, boshi ogʼriydi, aylanadi. Isitma endokrin kasalliklari – buqoqda ham kuzatilishi mumkin. Аyniqsa harorat ertalabdan koʼtarilsa. Odam jizzaki va asabiy boʼlib qolsa, keskin ozib ketsa, endokrinologga uchrashish kerak.
Bordi-yu, harorat 38 darajadan yuqori boʼlsa-yu, odamning hech qaeri ogʼrimasa, oʼpkani rentgen qildirish kerak. Bu holat oʼpka silidan dalolat berishi mumkin.
Baʼzan harorat koʼtirilish ayollarda hayz oldidan, klimaks davrida boʼladi. Bu holatda barcha shikoyatlarni shifokor ginekologga yoʼllang.
Oʼsmir yoshdagi bolalarda harorat koʼtarilishi gipotalamusdagi oʼzgarishlar bilan bogʼliq. Bunda bolalarda uyqusizlik, charchash, qomat buzilishi kabilar ham kuzatiladi.
Bu muhim!
Haroratni tushiruvchi dorilarni faqat shifokor tavsiyasi bilan qabul qilish kerak. Isitma tushiruvchi dori tez va zararsiz taʼsir qilishi uchun ularni gazsiz mineral suv yoki sut bilan ichiladi.
VSIYA
Isitma koʼtarilganda peshana  sohasiga sovuq suvda namlab olingan doka yoki sochiqcha qoʼyish tana haroratini tushiradi. Badanni iliq suvda namlangan bint boʼlagi yoki dokada, spirtli suvda artish mumkin.
CHON “TEZ YoRDАM” CHАQIRISh KERАK?
Аgar tana haroratingiz uch kundan uzoq saqlanayotgan boʼlsa;
yoshingiz 60 dan oshgan boʼlsa, boshqa yondosh kasalliklaringiz boʼlsa;
harorat koʼtarilishi bilan kuchli ogʼriq, qorin ogʼrishi, kuchli quruq yoʼtal kuzatilsa;
Isitma bilan talvasa tutishi, tomir urishining tezlashuvi, qusish, koʼrish qobiliyatining buzilishi, harakat cheklanishi, boʼyinning qattiq ogʼrib qolishi (bu holatda bemor iyagini koʼkrak sohasiga tekkizolmaydi) sodir boʼlsa;
Аgar yosh bolaning tana harorati 38 darajadan koʼtarilib, tekshirganda tomogʼi qizarganini sezsangiz, tezroq shifokorga murojaat qilish kerak. Yosh bolalarda gripp viruslari tezlik bilan oʼpkaga oʼtishi va kichkintoyda zotiljam rivojlanishi mumkin. Xavf yuqori boʼlgani uchun davolanish shifoxona sharoitida olib boriladi.
Аgar uch yoshdan kichik boʼlgan bolaning harorati 38 darajadan yuqori boʼlib, qoʼl-oyoqlar tortishishi kuzatilsa, uyga uchastka shifokorini chaqiring. Nevrolog koʼrigidan ham oʼtish tavsiya etiladi.


Manba:zamon.uz
Категория: SOG'LIK
Просмотров: 4678 | Рейтинг: 0| Рейтинг: COVID-19, Koronavirus, Isitma koʼtarilishi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное