Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda koronavirus: 1 nafar bemorning ahvoli o‘ta og‘ir

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov bemorlarning umumiy ahvoli haqida bayonot berdi:

– Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus kasalligi bilan ro‘yxatga olingan bemorlar soni 1214 nafarni tashkil etdi. Virusologiya ilmiy-tekshirish institutidan olingan ma’lumotga ko‘ra, ushbu institut klinikasida davolanayotgan 102 bemorning 27 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 2 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli nisbatan og‘ir va yana 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir. Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan 100 bemordan 3 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanyapti.
  
Hurmatli yurtdoshlar! 
 Mamlakatimizda karantin tadbirlari davom etyapti. Hozirgi vaqtga kelib, 82 ming fuqaromiz karantin muddatini o‘tayapti. Ularning 22 mingdan ortiqrog‘i stasionar sharoitida, 60 mingdan ko‘prog‘i uy sharoitida karantinda turibdi. Bundan maqsad, ular orasida kasallikka chalinganlarni erta aniqlash, kasallik manbaini jilovlashdir. Kasallik manbalari ko‘paymasligi uchun siz uyda qoling, muloqotlardan cheklaning, muloqotga ehtiyoj tug‘ilsa, masofani saqlang va bu kabi muloqotlarni esda saqlab qoling, kerak bo‘lsa yozib yuring. Negaki, kasallik manbaini jilovlashda epidemiologik surishtiruv o‘ta muhim ahamiyatga ega. 
 
Karantin tadbirlariga rioya etishimiz orqali epidemiologik barqarorlikni ta’minlashimiz mumkinligini yodingizdan chiqarmang. Dunyo hamjamiyatida vaziyat murakkablashib borayotgani, yurtdoshlarimiz orasida ham kasallikka chalinayotganlar ortayotganini ko‘ryapsiz. Shunday ekan, har biringiz hushyor bo‘ling!


Manba:aniq.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3612 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Koronavirus, O‘zbekistonda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное