Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda bemorlarni davolayotgan hamshiraning koronavirus yuqtirib olgani aniqlandi

Toshkent viloyatida koronavirus infeksiyasi aniqlangan fuqarolar soni 9 nafarni tashkil etgani xabar berilgan edi. Viloyat IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, ilk bor hamshiraning virus yuqtirib olgani aniqlandi.

Qayd etilishicha, 23-mart holatiga ko‘ra, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 101 nafar bemor bo‘lib, ular muntazam ravishda tibbiy nazoratga olingan.
Koronavirus aniqlangan ilk bemor Fransiyadan kelgan. Unda 15-mart kuni infeksiya aniqlangan. Ikkinchi bemor 16-mart kuni aniqlangan bo‘lib, birinchi bemordan yuqtirib olgan.
Uchinchi bemor 14-mart kuni Londondan uchib kelgan. 17-mart kuni unda infeksiya aniqlangan.
18-mart kuni COVID-19 infeksiyasi to‘rtinchi fuqaroda tasdiqlangan. Beshinchi bemor 20-mart kuni aniqlangan.
Koronavirus aniqlangan oltinchi bemor 18-mart kuni Rossiyadan kelgach, “Sokol” bolalar oromgohida karantinda turgan. Unda 20-mart kuni infeksiya aniqlangan.
Yettinchi bemor 18-mart kuni Moskva orqali Shvetsiyadan kelgan. “Sokol” oromgohida karantinda bo‘lgan, 21-mart kuni kasallik aniqlangan.
Sakkizinchi bemor 14-mart kuni Dubaydan kelgan. 22-mart kuni virus aniqlangan.
To‘qqizinchi bemor hamshira bo‘lib, ayni paytda davolash ishlari olib borilmoqda.
Xabarda hamshiraning virusni qayerda yuqtirib olgani haqida ma’lumot berilmagan. U koronavirus aniqlangan bemorlarni davolovchi bo‘lganmi yoki karantinda saqlanayotgan fuqarolarga qarayotgan bo‘lganmi — aniqlik kiritilmagan.
Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, 23-mart holati bo‘yicha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 46 nafarga yetgan.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3561 | Рейтинг: 0| Рейтинг: hamshira, yuqtirib olgani aniqlandi, Koronavirus, bemorlarni davolayotgan, O‘zbekistonda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное