Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Moskva va Sankt-Peterburgda COVID-19’dan o‘lim soni bo‘yicha rekordlar yangilandi
Rossiya Federal operativ shtab ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan kun davomida Moskva va Sankt-Peterburgda COVID-19’dan o‘limlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatildi. Bir sutkada Sankt-Peterburgda 99 kishi, Moskvada 92 kishi kasallikdan vafot etgan.



Qayd etilishicha, pandemiya boshlanganidan beri Rossiyadagi yirik shaharlarning hech birida bir kunda bunchalik ko‘p bemor vafot etmagan. Avvalgi rekord 23-iyun kuni o‘rnatilgan, o‘shanda COVID-19 tufayli Sankt-Peterburgda 93 kishi va Moskvada esa 88 kishi vafot etgan.

So‘nggi 24 soat ichida butun Rossiyada koronavirusga chalinish bo‘yicha 20 182 ta yangi holat aniqlandi. Shuningdek, 568 kishi kasallikdan vafot etdi, bu 28-yanvardan buyon eng yuqori ko‘rsatkich. Moskva va Sankt-Peterburg bilan bir qatorda o‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha quyidagi mintaqalar yetakchilik qilmoqda:

Buryatiya — 23;
Nijegorod viloyati — 22;
Sverdlovsk viloyati — 17;
Krasnodar o'lkasi — 17;
Moskva viloyati — 16.
Operativ shtab ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan beri 131 463 kishi virus qurboni bo‘lgan. Biroq “Rosstat” ma’lumotlarida, qurbonlar soni 2021-yil aprel oyining oxiriga kelib, 270 mingdan ortgani aytilgan. Operativ shtab tomonidan qo‘llaniladigan o‘limni hisoblash uslubi statistika idorasi metodikasidan farq qiladi. “Rosstat”da COVID-19’dan keyingi barcha o‘limlar, hatto virus o‘limning asosiy sababchisiga aylanmasdan, aksincha boshqa kasallik simptomlarini rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan holatlar ham hisobga olinadi.

Avvalroq Rossiyada COVID-19’ga qarshi emlanmagan fuqarolarga cheklovlar qo‘yish boshlangani haqida xabar berilgandi.

Rossiya hududlarida COVID-19 bilan kasallanishning ortishi fonida u yoki bu shaklda majburiy vaksinatsiya boshlandi, asosan, xizmat ko‘rsatish, savdo, sog‘liqni saqlash, transport va madaniyat sohalari xodimlari, shuningdek, mansabdor shaxslar majburiy emlanmoqda. Aksariyat hududlarda xodimlarning kamida 60 foizi qisqa muddat ichida emlanishi lozim. Ayni paytda Federatsiya tarkibiga kiruvchi 85 hududning 11 tasida yuqoridagi soha vakillari uchun vaksinatsiya majburiy etib qo‘yildi.


Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3528 | Рейтинг: 0| Рейтинг: bo‘yicha, soni, moskva, o‘lim, COVID-19, Sankt-Peterburg, Rekord, yangilandi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:02
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное