Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Moskva metrosida favqulodda vaziyat tufayli 16 kishi halok bo‘ldi

15-iyul kuni Moskvaning “Slavyan sayilgohi” (“Slavyanskiy bulvar”) — “G‘alaba bog‘i” (“Park Pobedi”) metro yo‘nalishida signalizatsiya tizimining ishlab ketishi natijasida harakatlanayotgan poyezd keskin to‘xtab, vagonlari relsdan chiqib ketdi. Taxminlarga ko‘ra, ushbu hodisaga kuchlanishning sakrashi sabab bo‘lgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Bugun soat 08:39 (Toshkent vaqti bilan 07:39)da Moskvadagi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bosh boshqarmasiga Arbatsko-Pokrovskiy metro liniyasida harakatlanayotgan poyezd yo‘lovchisi qo‘ng‘iroq qilib, poyezdning keskin to‘xtab qolgani haqida xabar berdi.
08:45 da voqea sodir bo‘lgan joyga qutqaruvchilar yetib keldi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 16 yo‘lovchi halok bo‘lgan va bir necha o‘nlab kishi jarohatlangan. Qurbonlar soni o‘sib bormoqda.
Voqea sodir bo‘lgan joyga “Birinchi yordam” ko‘rsatuvchi 60 brigada, jarohatlanganlarni shifoxonaga yetkazish uchun bir necha vertolyot jalb etilgan.
Sodir bo‘lgan voqeaning rasm va tafsilotlari qisqa muddatda ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqaldi.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 7364 | Комментарии: 7 | Рейтинг: 0| Рейтинг: metro, moskva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 7
sherzod9121 xa Olloxni uzi asrasin bunday xalokatlardan
Like | 0
garik afsuski 16tamas 21kiwi halok b6lgan man hozi moskvadaman yangilikladan k6rdim
Like | 0
oybe91 xa endi bugusi kegan bu birinchi marta emasu!
Like | 0
bonita Essiz
Like | 0
mehridaryoyingman Xudoyimning o'zi asrasin qolganlarning umrlarini bersin o'lganlarni ollox raxmatiga olsin!!!
Like | 0
mohishkam Maskani soati bizanikidan 1soat orqada yuradi
Like | 0
boyvo44abola exxx yomon ish bopti afsus...
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное