Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Xitoy-O‘zbekiston 2:1 - vakillarimiz o‘z imkoniyatlarini pasaytirib yuborishdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogidagi ikkinchi o‘yinda kerakli natija qayd eta olmadi.

Avvaliga uchrashuv Mirjalol Qosimov shogirdlari uchun ko‘ngildagidek boshlangandi. 22 daqiqada Odil Ahmedov uzoqdan zarba yo‘lladi. Zarba balki noaniq chiqardi, ammo to‘p raqib himoyachilariga tegib, rikoshet orqali gol bo‘ldi.

Birinchi bo‘limda ushbu hisob saqlanib qoldi. Ammo ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinida pasayish bo‘ldi. Raqib esa aksincha, ancha kuchli o‘yin ko‘rsata boshladi. Shunga monand Xitoy terma jamoasi ikki gol kiritib, vaziyatni o‘z foydasiga og‘dirib olishga muvaffaq bo‘ldi.

Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, Xitoy terma jamoasi bugungi g‘alabadan keyin muddatidan avval guruhdan chiqish va guruhda 1-o‘rinni olish vazifasini bir yo‘la bajardi. So‘nggi turda O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni termasini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratgan taqdirda ham guruhda faqatgina 2-o‘rinni egallaydi. Chunki ochkolar teng kelib qolganda, birinchi navbatda o‘zaro o‘yinlarga qaraladi.

Osiyo Kubogi, V guruhi

2-tur

Xitoy - O‘zbekiston - 2:1

Gollar: Odil Ahmedov 22, Vu Xai 55, Sun Ke 68

O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov, Akmal Shoraxmedov, Shavkat Mullajonov (Islom To‘xtaxo‘jaev 46) Anzur Ismoilov, , Vitaliy Denisov, Aziz Haydarov, Odil Ahmedov, Timur Kapadze, Sanjar Tursunov (Jasur Hasanov, 71), Server Jeparov (Sardor Rashidov, 62), Igor Sergeyev.

Xitoy: Vang Dalei, Ren Xang, Mei Fang, Jiang Zipeng, Zang Linpeng, Vu Lei, Jeng Ji, Vu Ksi, Zang Chengdong, Gao Lin, Yu Xai.

 
Manba: www.uff.uz 


Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 5149 | Комментарии: 4 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Xitoy, Futbol, Sport, O‘zbekiston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 4
Moderator1050 Yebqöyishdiku
Like | 0
gulicham 2-bo'limda xitoyliklar o'zbekistonliklarni ko'p o'ynatiwdida
Like | 0
atrgul Qachon yutuvdi endi yutsa tarkibga yoshlar kerak jahon chempionatida Meksika va Kostarika jamoalari qanday o'ynadi yoshlari daxshad hozir folbin bo'lish shartmas Kim yutishini aniq bilamiz O'zbekiston raqiblarida menham shulardan yahshiroq o'ynayman nogironlar jamoasi 3 karra jahon chempioni bo'ldi aslida nogironlar kim hayf bularga o'yin bularga mol boqtirish kerak shuniham eplolmasa bilmadim Nima qilish kerak uzi nimaga o'ynayotganiniham bilmaydi Nima o'yin o'nayotganiniham bilmaydi 23-yildan beri bronzaham yo'g'e................
Like | 0
NuR_KR Hali hammasi oldinda. Men O'zbekiston terma jamoasiga ishonaman.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное