Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

O‘zbekiston U-20 Qirg‘iziston U-22 bilan durang o‘ynadi

Bugun “Jar” stadionida Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Qirg‘iziston olimpiyachilariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Avval O‘zbekiston U- 22’ga qarshi o‘ynagan Qirg‘iziston olimpiya terma jamoasi endi ikkinchi uchrashuvda o‘zlaridan kichikroq futbolchilar bilan nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
O‘yin avvalidayoq O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi hisobda oldinga chiqib oldi. Mirjamol Qosimov o‘yinning 6-daqiqasida hisobni ochdi. Birinchi bo‘limda boshqa gol kiritilmadi.
Ikkinchi bo‘limni qirg‘izistonlik futbolchilar faolroq boshladi. 50-daqiqada Qayrat Jirgalbekulu hisobdagi muvozanatni tikladi. Ko‘p o‘tmay mehmonlar penalti ishladi va uni Akram Umarov aniq amalga oshirdi – 2:1.
Bu hisob ham uzoq vaqt saqlanib turmadi. 59-daqiqada zahiradan maydonga tushgan Javohir Siddiqov 60-daqiqada hisobni tenglashtirdi. 2:2 hisobi o‘yin so‘nggiga qadar o‘zgarmadi.
O‘rtoqlik uchrashuvi.
O‘zbekiston U20 – Qirg‘iziston U22 2:2
Gollar: Mirjamol Qosimov (6), Javohir Sidiqov (60) – Qayrat Jirgalbekulu (50), Akram Umarov (55 pen.).
Manba:daryo.uz


Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 2823 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Futbol, u-20, Qirg‘iziston U-22, O‘zbekiston, durang
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:18
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное