Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

Ichkilikni Sevuchi Fohisha Ayollar (+18)


Bugungi zamonaviy kunimizda turli-xil insonlarni jamiyatimizda uchratmoqdamiz. Ming afsuski horij mamlakatlaridan bir qancha hunuk odatlar bizning mamlakatimizga, millatimiz aholisiga tezlik bilan kirib kelmoqda. 

Tog’ri globallashuv zamonida yashamoqdamiz. Kimdur buni ha endi 21-asrda deb bahona qiladi. Lekin zamon o’zgaryapti deb, biz kimligimizni, millatimizni, asl kelib chiqishimizni, o’zbek va musilmon ekanligimizni unitib qo’yishimiz kerakmi?               

Ochig’i ichkilikka ruju qo’ygan, ichkilik ichuvchi ayollar haqida eshitardimu lekin hech ko’rmasdim. Shunday ayollarimiz jamiyatimizda ham borligidan ochig’i hayratlandim. Ichmang - ichmang deya erkaklarimizga tanbex beruvchi iboli, hayoli o’zbek ayollarimizga nima bo’ldi. So’ng bu ayollarimiz kim va nimalar bilan shug’illanishlari haqida qiziqdim. Ma’lum bo’ldiki, mazkur ayollarimiz  o’zi ishlaydigan, oila boquvchi qisqaroq aytganda o’z ko’nglida oila boshlig’i bo’lgan ayollar ekan. Tabiiyki farzandlarini o’zi katta qilmoqda. Bu kabi ayollarning 70% ni mashina ruliga o’tirgan, ko’chada erkin yuruvchilar tashkil qilmoqda. Hozirgi kunda ayollar birgalikda yeg’ilib, ichkilik ichishlari kayfsafo qilishlari odatiy hol bo’lib qoldi. Ochig’i hayron qolganim, qaysi bir ongli erak, o’z ayolini bunday ziyofatlarga yuboradi, uni kechasi 10-11 ga qadar ziyofatlarda qolib ketishiga ruxsat berar ekan. Ularning 88% yo ajrashgan yoki bo’lmasam turmush o’rtog’i bilan birga yashamaydi.

Bundan ham qiziq holat, hozirgi o’zbek zamonaviy ayollari o’z avtomashinalarida yigitlar bilan uchrashuv tashkil qilib, ular bilan birga ichishlari hamda o’sha yerning o’zida ko’ngilhushlik (jinsiy aloqa) qilish holatlarini bir qancha jamoat joylarida, tun vaqti kuzatdim. Bu sharmandalik emasmi… Jamoat joyida bunday ishlar bilan shug’illanish qanday mantiqqa to’g’ri keladi.

Davlatimiz mustahkam Respublika, Ammo Ichki ishlar hodimlaridan hushyorlik va etiborni yanada oshirishlarini iltimos qilardik. Shaharlarimizdagi tunda qarovsiz qoluvchi ovloq joylar, to’xtash joylari, ko’priklar osti, suv havzalari atrofi va shu kabi boshqa joylarda nazoratni kuchaytirishlari lozim emasmi. Fikrimcha bu borada Ommaviy axborot vosita vakillari bilan birgalikda ularni tasvirga tushirib, tele-ekranlarimizda na’moyish etish lozim. Shunda bunday insonlarni jamiyatimizda bo’lishini kamaytirish va bunday holatlarni bo’lishini oldini olish mumkin bo’lar.

Ho’sh bizchi, biz shu davlat fuqorosi emasmizmi? Shu davlat barchamizniki emasmi? Millat bizniki emasmi? O’zbek millati vakillari uchun bu isnot emasmi?

Kimdur bu gaplarni o’qib sizga nima, bu ularni shaxsiy ishiku, sizga og’irligi tushmoqdami deyishi mumkin. Kechirasiz, ammo shaxsiy ish, uyda bo’ladi, to’rt devor ichida, Jamoat joylarida emas. Ularni ishi bo’lsa oila qurib birga yashashsin! Rostini aytsam, Millatimiz bu qadar bo’lib ketishi menga sira yoqmayapti. Horijdan kirib kelayotgan bunday yengil-yelpi hayotni hohlab qoluvchi yoshlarimiz tutayotgan yo’l menga yoqmayapti.

Aslida shunday holatlar sabab, oilalarimiz buzilib ketmayotganmikin. Bu borada barchamiz birdek, ota-ona, qaynona-qaynota, turmush o’rtoq birgalikda harakat qilishimiz hamda bunday holatlarni bartaraf qilish haqida o’ylash vaqti kelmadimikin.

Ho’sh nega shunday:

 Buning eng asosiy sabablaridan biri odatiy turmushdan zerikish, o’z turmush o’rtog’idan qoniqmaslik. Jinsiy aloqaga o’ta beriluvchanlik hamda oilaviy tarbiya bo’lishi mumkin.

Bu kabi ayollar huddiki eri unga zug’im qilgani sabab, o’zi uchun suyanchiq qidirdim deb bahona qilishadi, ammo suyanchiq emas, suyanchiqlar desa to’g’ri bo’ladi. Sababi bunday tabiatli ayollar odatda bir erkakdan tez zerikib qolishadi. Shu sababli bir qanchasi bilan ko’ngilhushlik qilib vaqt o’tkazsa hayot qiyinchiliklarini unitaman deb o’ylashadi. Ular uchun oila ham, farzand ham muxim emas, Ular faqat o’z maqsadlari uchun, o’z hirslarini qondirish uchun harakat qiladilar.

Bu kabi ayollarimizni boshqarish albatta qiyin, ammo ayolni bu darajaga borib qolishiga, oilani va eng asosiysi turmush o’rtoqning o’rni yuqori. Agar erkak aqlli bo’lsa, har qanday ayolni jilovlay oladi, Agarda oila jilovi ayol qo’liga o’tsa, u oilada baxt bo’lmaydi. Shu sabab ham bizda ajrimlar ko’payib bormoqda.

Ayollarimizga insoniy maslaxat oilam tinch bo’lsin, baxtli yashay, erim meni sevsin, menga etibor bersin desangiz, siz doim bir pog’ona pastda turishingiz, uni eshitib, gaplarini hurmat qilsangiz uni ham sizga hurmati ortadi.

Ichkilik va Buning salbiy oqibatlari:

Ichkilik ta’sirida odamlar jamiyat va davlat oldida mas’uliyat sezish hissini yo‘qotib qo‘yadi, bezorilik va qonunni buzishga aloqador boshqa xatti-harakatlarni qilishi mumkin.        

Ichkilikning me’daga ta’siri natijasida shu a’zoning barcha funksiyalari buziladi. Ichkilik ayniqsa jigarga zararli ta’sir ko‘rsatib, jigar sirrozi yuzaga keladi. Pankreatit, qand kasalligi, stenokardiya va miokard infarkti kasalliklariga ham sabab bo‘ladi.

Ichkilik ichki sekresiya bezlari va birinchi galda jinsiy bezlarga zarar qiladi, mijoz susayib, jinsiy zaiflik paydo bo‘ladi.

Ayollar ichkilik ta’sirida tez so‘lib qoladi, pushti susayib, homiladorlik vaqtida har xil asoratlar ko‘proq uchraydi. Mudom ichib yurish kishining barvaqt qarib, nogiron bo‘lib qolishiga olib keladi.

Ho’sh bunday yengiltak, yoki fohisha ayol ertaga kelajagi nima bo’ladi, Naxotki hech kim ko’rmadiku, men ham odammanku deb hammasini inkor qilib bo’lsa. Ey ayol ertaga sen ham qaynona bo’larsan agar nasib qilsa, o’zinga huddi o’zingdek kelinni hohlarmiding. Bu dunyo sinovli va qaytar dunyo ekanligin naxot unutding. Faqat o’z maqsading yo’lida erkaklar to’shagiga kirib qanchadan-qancha insonlar taqdirini o’yinchoq qilish, go’zal hamda tinch oilalarni buzish, erkaklar qalbini parchalash, ularning hayotini izdan chiqarib yuborish naxot senga yoqmoqda. O’zinga savol berib ko’r, men nimalar qildim, kimlar men sabab aziyat chekmoqda, Ertaga nima bo’ladi deb.

Mard bo’l, Haqiqatni tan ol…Kimligingdan uyalma, Men farishtaman deyishdan uyal! O’zgani yomon deyishdan uyal! Bu ishlarni qilishga uyalmading-ku. Gunoxi ham, jazosi ham o’zimga dending-ku! Kunlar o’tib, o’z o’g’ling uchun o’zingdek kelin nasib qilsin… (Bu qaytar dunyo, o’g’illar onamdek yor nasib qilsin deb orzu qiladi, yaxshi ham san mani onammassan…)

U.Shox tayyorladi.




Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 28252 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 1| Рейтинг: +18, ichkilik, Ayollar, Fohisha, Sevuchi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
аватар отсутствует Кизлар
Like | 0
аватар отсутствует Мултик севги расмлар кизлар
Like | 0
аватар отсутствует Kun tun men sen
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:27
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное