Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Nega erkaklar bilan ayollar turlicha fikrlashadi?


Erkaklar va ayollar orasida farq judayam ko‘p. Amerikalik komik va nikoh eksperti Mark Gangor erkak va ayollarning miya tuzilishida ham farq bor, deb hisoblaydi. U o‘z nuqtai nazarini quyidagicha ifodalagan.

“Ayollar — erkaklarga qaraganda ancha murakkab mavjudot. Erkaklarning tuzilishi soddaroq. Ularning orasidagi eng katta farq esa fikrlashlaridadir.

Erkaklardan boshlaymiz. Erkaklarning miyasi kichkina qutichalardan tashkil topgan. Har bir narsaning o‘z qutichasi bor. Mashina uchun, pul uchun, ish uchun, ayollar uchun, farzandlar uchun – xullas har bir narsaning o‘z qutichasi bor. Yana bir qoida ham bor: qutichalar bir-biriga tegmasligi kerak! Erkak biror aniq masalani muhokama qilayotganida aynan o‘sha narsaga taalluqli qutichani ochadi va faqat mana shu quticha ichidagi narsani muhokama qiladi! So‘ngra qutichani yopib, ehtiyotkorlik bilan joyiga qo‘yadi!

Ayollarning miyasi boshqacha tuzilgan. Ayollarning miyasi – ko‘pgina simlardan iborat katta g‘altak. Bu yerda hamma narsa bir-biriga ulangan: mashina ishga, bolalar buvisiga, hamma narsa bir-biri bilan bog‘liq. Bu xuddi hissiyotlar kuchi bilan ishlovchi yuqori tezlikdagi internetga o‘xshaydi. Ayollar hamma narsani eslab qolishlarining sabablaridan biri mana shu. Chunki hissiyot bilan bog‘liq hamma narsa xotirada qoladi. 

Va eng asosiysi, erkaklarning miyasida yana bir quti bo‘lib, bu quti haqida aksariyat ayollar bilishmaydi. Bu quti bo‘m-bo‘sh turadi. Rostdan ham. Bu quti „Hech narsa yo‘q quti“ deb ataladi. Barcha qutichalar ichida erkaklarning eng sevimli qutisi shu bo‘ladi. Shuning uchun ham erkaklar baliq oviga borishadi yoki televizor oldida o‘tirishadi. Ayollar bunday qila olishmaydi. Ular “Hech narsa yo‘q quti”ni tushunishmaydi. Shuning uchun ayollar hech narsa qilmay bekor o‘tirgan erkaklarni ko‘rganida asablari buziladi!”



Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 7505 | Комментарии: 4 | Рейтинг: 2| Рейтинг: erkaklar, turlicha fikrlashadi, Nega, Ayollar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 4
zumrad991 qiz bola bo'lsam ham, unaqa sevimli bo'm bo'sh quticha manda ham bor...akajonim bilan baliq ovigayam chiqganman. Ishdan keyin sevimli televizorni ham ko'raman... :p
Like | 0
Dilso'z пишет: | 14.10.2015 | 23:02 #3 Страница с комментарием
omina1710 Xa gapim to'g'ri shekilli a yozganim sizni yonizdan aylanib o'tib ketibdi Nuraddin :p
Like | 0
NuraddinBek Dilso'z, siz hamma narsani bilarkansiza? :)
Like | 0
Dilso'z пишет: | 13.10.2015 | 12:35 #1 Страница с комментарием
omina1710 Bo'sh qutichasida yana bitta zapas yuragi bo'lsa kerakda, sevish bo'yicha ayollardan o'tishadiyu
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное