Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Erkaklarni o‘ziga ohanrabodek tortuvchi ayollardagi 12 fazilat

Ayol kishining jozibadorligi nimada ekan? Hech e’tibor berganmisiz, odatda unchalik chiroyli bo‘lmagan qizlar yigitlarning diqqat-markazida bo‘lishadi. Biz sizlarga erkaklarni rom etuvchi hislatlarni sanab o‘tamiz.
O‘ziga ishonish
O‘ziga ishongan ayollar hech qachon ommani oldida o‘zini tanqid qilmaydi, ayrim jozibador ayollar kabi oddiy muammodan fojia yasamaydi, balki har qanday vaziyatda o‘zini qanday tutishni yaxshi bilishadi. Shuning uchun ham erkaklar o‘ziga qattik ishongan ayollarni juda ham yoqtirishadi.
Nazokat va noziklik
Erkaklar ko‘proq ayollarning nazokatiga va yoqimli muomalasiga e’tibor berishadi. Ayol kishiga qo‘rsatgan ehtiromlari orqali ular o‘zlarini haqiqiy kuchli erkak sifatida his qilishar ekan. 
Ezgulik va yaxshi ishlar
Hamma narsada yaxshilikni ko‘ra biladigan va hayotga yorug‘ ko‘z bilan qaraydigan ayollar hamisha ko‘pchilikning e’tiborini o‘zlariga tortadilar. Uzoq munosabatlarni saqlab qolish uchun erkaklar ayollardagi aynan ana shunday iliq hislatlarga e’tibor berishadi.
Intiluvchan va erkin 
Intiluvchan, sobitqadam ayollar vaqtdan unumli foydalanib, o‘z taqdirlarining bekasi hisoblanadilar. Shuning uchun ular o‘z haraqatlari bilan passiv ayollarga nisbatan erkaklarning nazariga ko‘proq tushishadi. 
Hayotni sevish va quvnoqlik
Hayotni sevuvchi, ilg‘or, birovni g‘iybat qilmaydirgan, quvnoq ayollar erkaklarni o‘zlariga ohanrabodek tortishadi. Bunday ayollar har bir kundan zavq olib yashashni bilishadi.
Sarishta va didli bo‘lish
Sarishta va did bilan kiyingan ayollar hamisha erkaklar nazaridan qolmagan. Erkak kishi modani bilmasligi mumkin, ammo ayollar yarashiqli kiyinganmi yo‘qmi,  darhol sezishadi.
Bekalik
Bekalik – ayollardagi eng oliy hislat. Erkaklar ayollardagi pazandalik va  saranjomlik hislatlarini qadrlashadi. Bunday ayollar baxt timsoli hisoblanadi.
Baxtli bo‘lish
Erkaklar injiq, o‘z-o‘zidan norozi bo‘lib, hamma narsadan kamchilik izlagan ayollarni yoqtirishmaydi. Baxtli hayot kechiruvchi, hamma narsani qadrlovchi ayollar olami erkaklarni o‘zlariga jalb qiladi.
Ko‘zlardagi yorqin qiziquvchanlik
Samimiy va tabiiy munosabatlar har kimning ham e’tiborini tortmay qolmaydi. E’tiborni o‘ziga tortuvchi ayollar o‘z his-to‘yg‘ularini yashirmaydilar. Ayol kishi o‘zining bunday munosabatlari bilan erkak kishining aqlini va yuragini zabt etadi.
Xushmuomalalik
Erkaklar o‘zlarini juda ham bilimdon sanaydigan ayollardan ko‘ra ochiqko‘ngil va xushmuomala ayollarni yoqtirishadi. Jozibador ayol o‘zini go‘yo donishmanddek tutmaydi, balki ustamonlik bilan bilan suhbatdoshining ko‘ngliga yo‘l topadi.
Latofatlik
Ayol kishi o‘ziga xos harakatlari, latofatligi va chiroyli yurishlari bilan erkak kishini rom etadi. Erkaklar ayollarning ushbu harakatlari orqali o‘ziga bo‘lgan munosabatini bilib olishadi. 
Tabassum 
Erkaklar g‘amgin, ma’yus qarashli ayollardan ko‘ra ko‘proq jilmayib turgan ayollarni yoqtirishadi. Tabassum — bu nafaqat quvnoqlikni, balki hayotni sevuvchanlikni anglatadi. Erkaklar ayollarning ko‘zlaridagi quvnoqlikdan sarxush bo‘lib, orom olishadi.


Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 9335 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: o‘ziga, erkaklar, ohanrabodek tortuvchi, Ayollar, 12 fazilat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
zumrad991 xuddi men xaqimda tarif berilgandega... :p
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное