Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Erkaklar va ayollar do‘stligi nimasi bilan bir-biridan farq qiladi?


Zamonaviy psixologlar muloqot doirasini tanlash masalasida erkak va ayol o‘rtasidagi asosiy farqni aniqlash maqsadida qiziqarli tadqiqot o‘tkazishdi.
Natijada shu ma’lum bo‘ldiki, erkaklar muloqot doirasini tanlashda suhbatdoshininig qaysi doira (sfera) odami ekanligiga e’tibor beradi. Ayollar esa suhbatdoshining qaysi soha vakili ekanligiga emas balki uning jinsiga e’tibor beradi.
Hayron qolishga shoshilmang! Hozir sizga tadqiqot qay tartibda o‘tkazilganligi haqida so‘zlab beramiz.

Shunday qilib, bir nechta erkaklar notanish kompaniyalarga ishga joylashtirilib, ularga bir necha oy ichida o‘zlari uchun yaxshi suhbatdosh izlash topshirig‘i berildi. Natijada, ular (o‘zi bilan) qiziqishlari umumiy bo‘lgan odamlarni tanlashdi. Ya’ni, erkaklar uchun suhbatdoshining jinsi umuman ahamiyatsiz. Ular shunchaki qiziqishlari, manfaatlari o‘zinikiga yaqin bo‘lgan odamlar bilan do‘stlashadi.

Huddi shu tajriba ayollar bilan ham o‘tkazildi. Unda 90-92 foiz ayollar suhbatdoshlarini jinsiga qarab tanlaganlar. Ya’ni ayollar o‘z jinsidagi odamlarni yaxshi suhbatdosh deb hisoblashadi. Shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, ayollar do‘stlashishda umumiy manfaatlarga emas psixologik o‘xshashlikka ahamiyat berishadi.
Ya’ni ayol uchun suhbatdosh, eng muhimi, ayol kishi bo‘lishi kerak, qolgan narsalar muhim emas. Masalan, o‘qituvchi ayolning do‘stlari shifokor, stilist yoki jurnalist bo‘lishi mumkin.

Ayollar do‘st tanlashda nima uchun bunday yo‘l tutishlarini chet eldagi migrantlar orqali soddaroq qilib tushuntirish mumkin. Masalan, o‘zbeklar Rassiyaga borganlarida o‘zbeklarni qidirishni boshlaydi. Chunki o‘zga yurt, o‘zga millat ichida o‘zini erkin his qila olmaydi. Ya’ni chet elda bir yerdan bo‘lgan odamlar bir birini qo‘llab yuradi.

Patriarxat davriga ko‘nika olmagan ayollar ham bir-birlarini qo‘llab turish uchun shu usuldan foydalanishadi.
Biroq, bu bilan biz 100 foiz ayollar shu yo‘sinda do‘st tanlashadi demoqchi emasmiz. Chunki har qanday holatda ham, avvalo, odamlardagi fe’l-atvor, qiziqishlar ularning boshqalar bilan munosabat o‘rnatishida asosiy omil hisoblanadi.



Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 1949 | Рейтинг: 0| Рейтинг: nimasi bilan, bir-biridan, Ayollar, erkaklar, do‘stligi, farq qiladi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:46
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное