Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Pazanda - Sad Love
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Ayol Qalbi - You can't say
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Kuz ertagi-soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
Главная » Файлы » SOG'LIK

Germaniyada o‘zbekistonlik hamshiralarga 2,5 ming dollardan ortiq maoshli ish taklif qilinmoqda

O‘zbekistonlik hamshiralarga Germaniyada ishlash imkoniyati taqdim etildi, deya xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.

Xabarga ko‘ra, agentlik hamda Shveysariyaning Globogate Recruiting GmbH tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali o‘rta bo‘g‘in tibbiyot hamshiralarini Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga jalb qilish dasturi ishlab chiqilgan.

Nomzodlar uchun talablar:

  • 39 yoshdan oshmagan va davolash sohasida kamida 2 yillik doimiy ish tajribasiga ega bo‘lgan hamshiralar (stomatolog, o‘qituvchilik va dorishunoslik sohasida shug‘ullangan nomzodlar qabul qilinmaydi);
  • psixiatriya bo‘limida ishlash uchun kasalxona yoki klinikaning istalgan bo‘limida kamida 2 yillik tajribaga ega va Germaniyada psixiatriya bo‘yicha ishlash istagini bildirgan hamshiralar;
  • tibbiyot kolleji/texnikumini (faqat 3 yillik diplom) tamomlagan bo‘lishi;
  • bemorlarga g‘amxo‘rlik qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
  • Toshkent shahrida tashkil etiladigan nemis tili kurslarida 10 oy davomida ishtirok etishi (2 bosqichli tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlargina dasturda ishtirok etadi);
  • nomzodlar nemis tili kurslarida qatnashayotgan vaqtda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmasligi;
  • Toshkent shahridagi Gyote instituti imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tishi.

Loyihada ishtirok etishni istagan fuqarolarga Toshkent shahrida bepul turar joy, o‘quv xonasi hamda oylik stipendiya sharoitlari yaratib beriladi.

Shuningdek, Globogate Recruiting GmbH quyidagi xarajatlarni qoplab beradi va xizmatlarni kafolatlaydi:

  • nemis tili o‘qituvchisi va o‘quv materiallari;
  • til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote institutida imtihon topshirish;
  • hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash;
  • o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;
  • Toshkent xalqaro aeroportidan Germaniyaga aviachipta va Germaniyadagi aeroportdan ish joyigacha transfer;
  • mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil (oylik 2 300 yevrodan (taxminan, 2600 AQSh dollar) ko‘p), nafaqa, sug‘urta, ta’til va butun jarayon davomida doimiy qo‘llab-quvvatlash.

Loyihada ishtirok etish uchun ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.



Категория: SOG'LIK
Просмотров: 2605 | Рейтинг: 0| Рейтинг: o‘zbekistonlik, taklif, Germaniyada, qilinmoqda, ortiq, 5 ming, dollardan, hamshiralarga, ish, maoshli
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:04
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное