Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

O‘zbekistonlik uch nafar bokschi Osiyo chempionati finaliga chiqdi

Tailand poytaxti Bangkokda boks bo‘yicha Osiyo chempionatida uch nafar o‘zbekistonlik bokschi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya Qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Manbaning yozishicha, vazni 52 kg.gacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari ishtirokidagi musobaqalarda ringga chiqqan Shahobiddin Zoirov xitoylik Chjiyanguan Xu ustidan 3:0 hisobida zafar quchib, finalga chiqqan. Hal qiluvchi jangda Zoirov qozog‘istonlik Oljas Sattibaevga qarshgi ringga ko‘tariladi.
81 kg.gacha vazn toifasida Elshod Rasulov ham yarim final bahsida koreyalik Kim Xyong Kyu ustidan zafar quchib, ertaga o‘tkaziladigan final jangida qozog‘istonlik Adilbek Niyazimbetov bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
Eng yengil (-49 kg) vaznda ringga ko‘tarilgan Xasanboy Do‘smatov AIBA bayrog‘i ostida ishtirok etayotgan hindistonlik Devendro Sinh Laishram ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va 5 sentabr kuniga belgilangan hal qiluvchi final jangida Rogen Ladon (Filippin)ga qarshi ringga ko‘tariladigan bo‘ldi.
Og‘irlik vazni 60 kg.gacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari o‘rtasidagi musobaqalarda yarim finalga qadar mag‘lubiyatsiz kelgan Elnur Abduraimov ushbu bosqichda mo‘g‘ilistonlik bokschi qarshiligini yenga olmadi. Shunga qaramay Elnur O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga Osiyo chempionatining bronza medalini keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, shuningdek, Murodjon Ahmadaliev (-56 kg), Fazliddin G‘oipnazarov (-64 kg), Bektemir Meliqo‘ziev (-75 kg) hamda Rustam To‘laganov (-91 kg) yarim final janglarida ringga ko‘tariladilar.


Manba:kun.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 3438 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: nafar, uch, o‘zbekistonlik, Final, bokschi, Osiyo chempionati
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
shoxislom5758 Malades.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное