Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Mirjalol muxlislardan uzr so‘radi

Biz Avstraliyaga Osiyo  chempionati guruh bosqichidan  chorak finalga chiqish va sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qilish maqsadida yo‘l olgan edik. Xitoy bilan o‘yinni hisobga olmagan holda yigitlarimiz raqiblAriga munosib qarshilik ko‘rsatishdi.
Ammo Osiyo chempioni Janubiy Koreya bilan uchrashuvda terma jamoamiz a’zolari taktik va jismoniy jihatdan raqiblaridan kam emasligini ko‘rsatishsada, omad bizdan yuz o‘girdi. Futbolchilarimiz ko‘p hollarda vaziyatlardan unumli foydaplanisha olmadi. Buning uchun men muxlislardan uzr so‘rayman, – dedi futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov. – Ammo jahon chempionatining  saralash uchrashuvlarida chiroyli  o‘yin namoyish etib muxlislar  ishonchini qozonishga harakat  qilaman. Yigitlarning mahoratini oshirish uchun 27 mart kuni Janubiy Koreya bilan, 31 mart kuni Yaponiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazamiz.
Terma jamoaning murabbiy direktori  Asqar Tolibjonovning aytishicha, O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining yig‘ilishida yurtdoshlarimizning Osiyo chempionatidagi ishtiroki ko‘rib chiqilgan. Mag‘lubiyatga qaramay, terma jamoaga Mirjalol Qosimovning bundan keyin ham murabbiylikni davom ettirishiga kelishib olingan. Chunki jahon chempionatining saralash o‘yinlari boshlanishi oldidan murabbiyning almashtirilishi jamoadagi muhitga va o‘yinlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Biroq uning aytishicha, terma jamoa o‘yinchilari tarkibiga o‘zgartirishlar kiritiladi. Oliy ligada to‘p surayotgan jamoalardan yosh va iqtidorli yigitlar saralanib, terma jamoaga safarbar etiladi.


Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 3967 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Mirjalol Qosimov, Osiyo chempionati
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
CR7 Mirjalol Q ni istefoga chiqarshish kerak bor gap shu Koreya bilan oyinda T Kopadzeni nima uchun oyinga tushirdi taktika qollab umuman bilmaydi MQQ janoblari
Like | 0
Siyo Mirjalol Qosimov qachongachom kechirim suraydi? Yo butun Terma jamoni yangilash kere! Har doim shu ahvol Muxlislar hammasi xafa! Shuncha Sharoit! Qayerga ketdi ketma-ket yangi Stadionlar qanchadan qancha mablag'lar shuni oqlanglar Ey Futbalistlar! Uzr bilan ish bitmaydi ku axir:@
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:44
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное