Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Mirjalol Qosimov deputatlikka saylandi


O‘zbekistonning yaqin o‘tmishdagi eng yaxshi futbolchilaridan biri, ayni damda Olmaliqning OKMK klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borayotgan Mirjalol Qosimov deputat bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga Qosimovning ishonchli vakillaridan biri ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Mirjalol Qosimov nomzodi O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan Toshkent shahar kengashi deputatligiga qo‘yilgan. 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda yetarlicha ovoz olgan Qosimov deputatlikka saylangan.

Ma’lumot uchun, 49 yoshli mutaxassis qo‘l ostidagi OKMK ortda qolgan mavsum O‘zbekiston chempionatida 8-o‘rinni band etdi. Mamlakat kubogi finalida esa “Paxtakor”ga mag‘lub bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq taniqli reper Shohruh O‘zLiDePdan Toshkent shahar Chilonzor tumani kengashiga xalq deputati etib saylangandi.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2146 | Рейтинг: 0| Рейтинг: saylandi, Mirjalol Qosimov, deputatlik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное