Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Balandparvoz gaplar kutmang — Shoxrux reper deputatlikka saylandi


Taniqli reper Shoxrux Shodmonov O‘zLiDePdan Toshkent shahar Chilonzor tumani kengashiga xalq deputati etib saylandi. Bu haqda xonanda o‘zining Instagram’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

“Aziz hamyurtlar! Mana, sizlarning ovozlaringiz bilan Toshkent shahar Chilonzor tumani kengashiga Xalq deputati bo‘lib saylandim! Mendan balandparvoz gaplarni kutmang, mening fikrimcha, har bir deputat saylangan hududida bor muammolar bilan maksimal ishlashi kerak, xalq esa baho beradi. Barchangizdan minnatdorman! Ishonchingiz uchun rahmat!” — deya izoh qoldirgan xonanda.

Shoxurux Shodmonov nomzodi 9-Labihovuz saylov okrugi bo‘yicha Xalq deputatlari Chilonzor tumani kengashi deputatligiga qo‘yilgandi.

U Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olgan.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4527 | Рейтинг: 0| Рейтинг: deputatlik, Shoxrux reper, saylandi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное