Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

“Jon Uik 4” filmi premyeradan so‘ng ilk dam olish kunlarida 130 million dollardan ortiq daromad to‘pladi
Gollivud yulduzi Kianu Rivz ishtirokidagi “Jon Uik 4” filmi premyeradan so‘ng jahon prokatida 137,5 million dollar ishlab topdi. Bu 2014-yilda Lionsgate studiyasi tomonidan suratga olina boshlangan franshiza qismlari ichida eng yaxshi natija bo‘ldi.

Ushbu mablag‘ning 73,5 million dollari AQSHdan, 64 million dollari esa xalqaro hududlardan to‘plangan. “Jon Uik” Lionsgate kompaniyasining navbatdagi yirik xorijiy loyihasiga aylandi.

Franshizaning to‘rtinchi qismi qotil Uik (filmda ushbu rolni Kianu Rivz ijro etgan) va uning kuchli, yangi dushmani (Bill Skarsgard gavdalantirgan obraz) o‘rtasidagi qarama-qarshilik haqida. Shuningdek filmda Donni Yen, Ian Maksheyn va Lorens Fishbyorn kabi aktyorlar ham rol ijro etgan va unga Ched Staxelski rejissorlik qilgan. 

“Jon Uik” filmi Kianu Rivz ishtirokidagi jangovar franshiza hisoblanadi. U rafiqasi vafot etganidan itining o‘limi uchun qasos olishga qaror qilgan iste’fodagi qotil haqida hikoya qiladi. Bu qasos butun dunyo bo‘ylab yollanma askarlarni boshqaradigan maxfiy tashkilotga qarshi ochiq urushga aylanadi. Filmning to‘rtinchi qismiga kelib, Jon barcha yovuzlarni o‘ldirib, erkinligini qo‘lga kiritsagina, quyosh botishiga kirishi mumkinligi ayon bo‘ladi. Ushbu qiyin masalada unga eski tanishlari va hatto sobiq dushmanlari yordam beradi.



Manba:daryo.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 1387 | Рейтинг: 0| Рейтинг: premyeradan, so‘ng, daromad, DAM, filmi, olish, 130 million, to‘pladi, Jon Uik, ortiq, kunlarida, dollardan, ilk
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное