Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

«Hayotda...» filmi «Kinoshok»da qatnashadi

«O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga asosan «O‘zbekfilm» kinostudiyasi tomonidan suratga olingan «Hayotda...» badiiy filmi 13-20 sentabr kunlari XXIV marotaba tashkil etiladigan MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlarining «Kinoshok» ochiq kinofestivali (Anapa, Rossiya) asosiy tanlov dasturiga kiritildi. 
2015 yili katta ekranlarga chiqqan «Hayotda...» badiiy filmi yolg‘iz farzandining o‘limidan so‘ng odamlarni davolash qobiliyatiga ega bo‘lgan bolani asrab olib, umrining oxirigacha o‘z tamoyillariga sodiq qolgan olim inson haqida hikoya qiladi. Yolqin To‘ychiev rejissyorligida ishlab chiqarilgan mazkur filmda Baxtiyor Qosimov, Akbarxo‘ja Rasulov, Zulxumor Mo‘minova kabi taniqli aktyorlar suratga tushgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda suratga olingan to‘liq metrajli badiiy filmlar «Kinoshok» festivalining turli tanlovlarida muntazam qatnashib keladi. Xususan, 2012 yilgi «Kinoshok»da rejissyor Ayub Shahobiddinov tomonidan suratga olingan «Parizod» kartinasi eng yaxshi film sifatida kinofestivalning bosh sovrini — Gran-prini qo‘lga kiritgan.
Qayd etish joiz, 2015 yil 20-24 iyun kunlari Filippin xalqaro kinofestivalida «Jahon premeralari» doirasida rejissyor A.Mignarovning «Ota» filmi namoyish etilgan edi, rejissyor Mansur Abduxoliqovning «Quduq» kartinasi esa 2015 yilgi Qozon xalqaro kinofestivali asosiy tanlov dasturiga kiritildi.
Hozirgacha bir qator badiiy, hujjatli va multplikasion filmlar, jumladan, «Hayotda...» filmi ham AQSh, Germaniya, Xitoy, Avstraliya kabi 10dan ortiq mamlakatlardagi xalqaro kinofestivallarning tashkiliy qo‘mitalariga saralash bosqichi uchun yuborilgan va bu boradagi ishlar davom etmoqda.


Manba:kun.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 3125 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zbekkino, Milliy agentligi, Hayotda, Kinoshok, filmi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:54
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное