Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

"Islomxo‘ja" filmining premerasi bo‘lib o‘tdi

27 avgust kuni Alisher Navoiy nomli kinosaroyida rejissyor Jahongir Ahmedovning "Islomxo‘ja" nomli badiiy-publisistik filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Film o‘z davrining taraqqiyparvar xalqparvar davlat va jamoat arboblaridan biri, Xiva xonligining bosh vaziri Islomxo‘ja haqida bo‘lib, uning ma’rifat, adabiyot va san’at homiysi sifatida qilgan ishlari xususida.
Filmda xonning yaqin qarindoshi , qaynotasi, xonlikning eng buyuk amaldori, oddiy xalq orasida katta hurmatga ega Islomxo‘ja sirli ravishda o‘ldirilgani, dastlab,  qotillikni fosh etish uchun  boshlangan tergov harakatlari tezda to‘xtatilib, bosdi bosdi qilishga o‘tilgani, qariyb bir asrdan ziyod vaqt davomida hali-hanuz javobini kutayotgan fojeali  qotillik tafsilotlarini o‘rganishga bel bog‘lagan tadqiqotchi-tarixchi bir asrlik fursat o‘tganligiga qaramay, mavjud hujjatlarga asoslanib, masalaga holisona yondashib, asl aybdorlar qiyofasini ochishga harakat qilgani kinoijodkorlar  tomonidan mohirona tasvirlangan.
Filmda asosiy rollarni Alisher Uzoqov, Ulug‘bek Qodirov va Asal Shodiyeva ijro qilgan.


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 3039 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Islomxo‘ja, bo‘lib o‘tdi, filmi, premerasi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:43
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное