Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Jan Reno “Xo‘ja Nasriddin” filmida suratga tushadi


Fransiyalik super yulduz Jan Reno “Xo‘ja Nasriddin” filmida suratga tushadi, deb xabar qilmoqda “Xalq So‘zi” nashri.

Ushbu haqidagi kelishuvga Kann festivali doirasda erishilgan. Butun dunyo kinematograflarini bir yerga to‘plagan Kann xalqaro kinofestivalida O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyaning “Renovasio” kinokompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolagan.

Ushbu memorandumga muvofiq 2018 yilda rossiyalik kinoijodkorlar o‘zbek hamkasblari bilan birga O‘zbekistonda “Xo‘ja Nasriddin” filmining suratga olish ishlari boshlanadi.

“Renovasio” kinokompaniyasi prodyuseri Georgiy Malkovning ta’kidlashicha, rossiyalik kinoijodkorlar tomonidan mazkur filmda rol ijro etish uchun super yulduz Jan Reno ham taklif etilgan. Jan Reno tomonidan mazkur taklif ijobiy qabul qilingan”, — deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, “Xo‘ja Nasriddin” loyihasida ijodiy va texnik guruhning yarmini o‘zbekistonlik mutaxassislar tashkil etadi. Ushbu loyiha oriali o‘zbekistonlik mutaxassislar ish bilan ta’minlanishi, o‘zaro tajriba almashishi, hamda xorijiy investisiyalarni jalb qilish kutilmoqda.



Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 3848 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: filmi, Xo‘ja Nasriddin, Jan Reno, suratga tushadi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
laylo555 Bu filmni halitdan kurgim kelyapti
Like | 0
jeykob Zo'r yangilik qoyil nasib qilsa ko'ramiz
Like | 0
jeykob Zo'r yangilik qoyil nasib qilsa ko'ramiz
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное