Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Jan Renodan tortib Joan Roulinggacha... Mashhurlar Putinga ochiq xat yo‘lladi
Erik Kontana, Jan Reno, Joan Rouling, Salmon Rushdiy kabi dunyoning yuzdan ortiq mashhurlari Aleksey Navalniyni ozod qilishini so‘rab, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga ochiq xat yozdi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi. 

Qayd etilishicha, butun dunyo bo‘ylab jami 131 nafar taniqli shaxs Putinga ochiq xat yo‘llagan.

Yozuvchi, aktyor, jurnalist va rejissyorlar mualliflik qilgan maktubda shunday deyiladi:

“Siz allaqachon yaxshi biladigan narsalar haqida yozamiz: Navalniy mamlakatingizdagi eng og‘ir kolonnalardan biri bo‘lgan IK-6 da saqlanmoqda. U yana va yana o‘lchami it uyasidek keladigan, diqqinafas beton kubga joylashtirilmoqda. Qarindoshlariga u yerga borish va unga qo‘ng‘iroq qilish taqiqlangan, advokatlar uning oldiga kirolmaydi. Yuqori haroratga qaramay u kun bo‘yi turishga majbur. 

Biz o‘z ovozimizni Navalniy zudlik bilan favqulodda tibbiy yordam olishi kerakligini ta’kidlayotgan 600 nafar rus shifokorining talabiga qo‘shamiz. Navalniyni qiynoqqa solishni to‘xtatish va unga tibbiy yordam ko‘rsatishni 100 nafar rossiyalik advokat hamda 100 nafar mintaqaviy deputat ham talab qilmoqda. Navalniy hech qachon mustaqil adolatli sud tomonidan qabul qilinmagan ayblovlar bo‘yicha qamoq jazosini o‘tamoqda. Biz Germaniya, AQSH hukumatlari va Yevropa Ittifoqining zudlik bilan ozod qilinishini talab qiluvchi chaqirig‘ini qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu sizning qo‘lingizda”.

Ochiq xat quyidagi shaxslar nomidan yo‘llangan: 
 
  • Maykl Abramovich – Freedom House (demokratiya, siyosiy erkinlik va inson huquqlari bo‘yicha notijorat tashkilot) prezidenti
  • Jey Jey Abrams – rejissyor, kompozitor
  • Peyj Aleksandr – Karter markazi (xalqaro nizolarni hal qilish, demokratiya va inson huquqlarini rivojlantirish, kasalliklarning oldini olish va ruhiy salomatlikni yaxshilash bo‘yicha nodavlat, notijorat tashkilot) bosh direktori
  • Svetlana Aleksiyevich – jurnalist, yozuvchi va Nobel mukofoti laureati
  • Mark Ambers – aktyor
  • Mixail Barishnikov – xoreograf
  • Jina Bellman – aktrisa
  • Fransua Berlean – aktyor
  • Ken Berns – kinorejissyor
  • Jon Bernem Shvars – yozuvchi, ssenarist
  • Ingrid Betankur – siyosatchi, aktivist, yozuvchi, 
  • Fransua Bizo – antropolog
  • Uilyam Boyd – yozuvchi
  • Alvaro Vargas Losa – yozuvchi, siyosiy sharhlovchi
  • Mario Vargas Losa – yozuvchi, Nobel mukofoti laureati 
  • Indira Varma – aktrisa
  • Saymon Vinchester – yozuvchi, jurnalist
  • Jeyms Vud – yozuvchi
  • Nil Geyman – yozuvchi
  • kichik Genri Luis Geyts – tarixchi, muharrir va rejissyor
  • Siyenna Gillori – aktrisa
  • Jeymi Glover – aktyor
  • Vesna Goldsuorsi – yozuvchi va shoira
  • Linda Goldshteyn Noulton – rejissyor va prodyuser
  • Entoni Gorovits – yozuvchi
  • Roy Grinsleyd – jurnalist va yozuvchi
  • Filip Gurevich – jurnalist va yozuvchi
  • Nedim Gyursel – yozuvchi
  • Rebekka Jonson – aktrisa 
  • Richard Dokinz – biolog, yozuvchi
  • Devid Duxovni – aktyor, yozuvchi va qo‘shiqchi 
  • Assad Zaman – aktyor 
  • Elza Zilbershteyn – aktrisa 
  • Tom York – qo‘shiqchi va kompozitor
  • Erling Kagge – yozuvchi va tadqiqotchi
  • Kerol Kadvalladr – jurnalist va yozuvchi
  • Bentli Kalu – aktyor
  • Benedikt Kamberbetch – aktyor
  • Alan Kamming – aktyor
  • Charlz Kamming – yozuvchi
  • Erik Kantona – aktyor va sobiq futbol yulduzi
  • Elizabet Karling aktrisa va qo‘shiqchi
  • Emmanuel Karrer – yozuvchi va rejissyor
  • Reychel Kask – yozuvchi
  • Daniel Kelman – yozuvchi
  • Etgar Keret – yozuvchi
  • Kristofer Klark – tarixchi
  • Kosta-Gavras – rejissyor
  • Emma Kunniff – aktrisa 
  • Jon Maksvell Kutzeye – yozuvchi, Nobel mukofoti laureati
  • Alister Kempbell – jurnalist va yozuvchi
  • Devid Laven – ishbilarmon
  • Mark Levi – yozuvchi
  • Keti Lett – yozuvchi
  • Diksi Linder – prodyuser
  • Jud Lou – aktyor
  • Ien Makyuen – yozuvchi
  • Natasha Makelxoun – aktrisa 
  • Jorjio Markezi – aktyor
  • Anes Marten-Lyugan – yozuvchi
  • Mariana Martins – ishbilarmon
  • Ketrin Merrideyl – tarixchi
  • Charli Myorfi – aktrisa
  • Kler Messud – yozuvchi
  • Tim Minchin – komik, musiqachi va yozuvchi
  • Gerta Myuller – yozuvchi, Nobel mukofoti laureati
  • Peter Nadash – yozuvchi
  • Silviya Nazar – jurnalist
  • Trevor Nann – teatr rejissyori
  • Azar Nafisiy – yozuvchi
  • Bill Nayi – aktyor
  • Ameli Notomb – yozuvchi
  • Treysi-Enn Oberman – aktrisa, dramaturg
  • Jorj Paker – jurnalist, yozuvchi
  • Orhan Pamuk – yozuvchi, Nobel mukofoti laureati
  • Daniele Pechchi – aktyor va rejissyor
  • Mariya Popova – yozuvchi va shoira
  • Ellendeya Proffer Tisli – yozuvchi, tarjimon va muharrir
  • Filip Pulman – yozuvchi
  • Lourens Rayt – jurnalist, yozuvchi
  • Ledi Vanessa Redgreyv – aktrisa, aktivist
  • Devid Remnik – yozuvchi, jurnalist, muharrir
  • Jan Reno – aktyor
  • Arundati Roy – yozuvchi
  • Joan Rouling – yozuvchi
  • Deniyel Roer – rejissyor, “Oskar” mukofoti sohibi
  • Salmon Rushdiy – yozuvchi
  • Sharlotta Rendl – yozuvchi
  • Saymon Sebag Montefiore – tarixchi va yozuvchi
  • Zaab Setna – tadbirkor
  • Klaudiya Silver – aktrisa, ssenarist
  • Piter Singer – yozuvchi, faylasuf va aktivist
  • Kristin Skott Tomas – aktrisa
  • Ali Smit – yozuvchi
  • Timoti Snayder – tarixchi
  • Nitin Soni – kompozitor, prodyuser
  • Samanta Spayro – aktrisa
  • Julet Stivenson – aktrisa
  • Tom Stoppard – dramaturg
  • Aleksiya Strezi – yozuvchi
  • Alisiya Sems – prodyuser
  • Pol Teru – yozuvchi
  • Katerina Tozer – yozuvchi
  • Olga Tokarchuk – yozuvchi, Nobel mukofoti laureati
  • Arch Teyt – tarjimon va muharrir
  • Syuzanna Uayz – aktrisa
  • Oliviya Uilyams – aktrisa
  • Rouen Uilyams – Kenterberiy sobiq arxiyepiskopi, shoir, faylasuf va tinchlik muzokaralari ishtirokchisi 
  • Dominik Uest – aktyor
  • Marina Uorner – yozuvchi va tarixchi
  • Orlando Fayjes – tarixchi
  • Nil Fergyuson – tarixchi
  • Keyt Flitvud – aktrisa
  • Sebastyan Folks – yozuvchi
  • Jonatan Franzen – yozuvchi
  • Maykl Freyn – yozuvchi
  • Jemayma Xan – YUNISEF elchisi
  • Mett Xeyg – jurnalist, yozuvchi
  • Irina Higgins – neyrobiolog
  • Stiven Hopkins – rejissyor
  • Sheron Xorgan – aktrisa, rejissyor va yozuvchi
  • Devid Xeyr – rejissyor va yozuvchi
  • Yun Jan – yozuvchi 
  • Enso Chilenti – aktyor
  • Saymon Shama – tarixchi
  • Art Shpigelman – karikaturachi va muharrir
  • Ser Richard Evans – tarixchi
  • Pamela Edlon – aktrisa
  • Enn Epplbaum – jurnalist va yozuvchi
  • Paskuale Espozito – aktyor, qo‘shiqchi va rejissyor
  • Margaret Etvud – yozuvchi


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1555 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Putin, Ochiq, tortib, Mashhurlar, yo‘lladi, Joan Rouling, Xat, Jan Reno
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное