Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Osiyo-Soundtreck
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Pazanda - Sad Love
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Putin Rossiyaga kim do‘st, kim dushman ekanligini ma’lum qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir orqali muloqot chog‘ida Ikkinchi Jahon urushida ishtirok etgan Vitaliy Kolesovning savoliga javob berdi.
“SSSR Germaniya bilan deyarli yolg‘iz kurashdi, negaki ikkinchi front ancha kech ochilgan edi. Bizning ittifoqchilarimiz bormi o‘zi?”, – deb so‘radi urush faxriysi.
Bunga javoban Putin imperator Aleksandr III ning so‘zlaridan iqtibos keltirdi: “Rossiyaning ikkita ittifoqchisi bor: armiya va harbiy flot”.
“Biz ulkan davlatmiz, shu bois bizdan qo‘rqishadi, – davom etdi so‘zida Rossiya yetakchisi. – Ammo, nima bo‘lganda ham, ma’lum tahdidlar bor. Bular terrorchilik, ksenofobiya, uyushgan jinoyatchilik… Bularga qarshi kurashda bizni qo‘llab-quvvatlaydigan hamkorlarimiz bor, xususan, bu hamkorlik BRIKS, ShHT doirasida amalga oshmoqda”.
Shundan so‘ng to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir boshlovchilari Rossiyaning dushmanlari kim ekanligi haqida savol berishdi. Putin Moskva xalqaro jamoatchilikning hech bir vakiliga dushman sifatida qaramasligini, faqat terrorchilik va jinoyatchilikka qarshi turishini ta’kidladi. So‘ng u boshqalarga ham Rossiyani dushman deb bilmasligini tavsif qilishini qo‘shib qo‘ydi.
Manba:kun.uz


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 14783 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Putin, Rossiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное