Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Ishq Jodusi - All I want
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck 2
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Putin AQSh va NATOning xavfsizlik bo‘yicha Rossiya talablarini e’tiborsiz qoldirgani haqida gapirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShning Moskva tomonidan berilgan Yevropada xavfsizlikni ta’minlash kafolatlari bo‘yicha prinsipial xavotirlarini e’tiborsiz qoldirgani haqida gapirdi, deb yozmoqda “Kommersant”.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh hamda NATO mamlakatlarning xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan mustaqil bo‘lishi kerakligiga tayanadi, biroq bu jarayonning boshqalarni xavfda qoldirish hisobiga amalga oshishi noto‘g‘ri ekanligini unutib qo‘yadi.

Putin Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan Kremlda o‘tgan muzokaralardan keyin ushbu bayonot bilan chiqish qilgan. Bundan avval Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov AQShdagi hamkasbi Entoni Blinken bilan telefon orqali suhbatlashgan. Lavrov AQShning Rossiya bildiragan xavfsizlikning bo‘linmasligi yuzasidan kelishuvlar talabiga munosabati salbiy ekanligini aytgan.

“26-yanvarda olingan javoblarni diqqat bilan tahlil qilyapmiz, ammo Rossiyaning mintaqadagi xavfsizlik bo‘yicha prinsipial xavotirlari inkor qilingan, biz o‘zimiz qayd etgan NATOning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik, Rossiya chegaralari yaqiniga zarba beruvchi qurolli tizimlarni joylashtirmaslik, shuningdek, 1997-yilda imzolangan Rossiya—NATO aktiga asosan Yevropadagi harbiy infratuzilmaga qaytishga aloqador uch asosiy talab hisobga olinganini ko‘rmadik.

U AQSh hamda NATO Rossiya xavotirlarini inkor etib, davlatlarning o‘z xavfsizligini o‘zi ta’minlashi kerak deb hisoblayotgani, ammo bunda kimningdir xavfsizligini ta’minlash boshqa bir davlatni xavfda qoldirishni anglatmasligini unutmaslik zarurligi haqida gapirgan.

Rossiya 2021-yil dekabr oyida Yevropada xavfislikni ta’minlash tuzilmasi loyihasini taqdim qilgan. Loyihadagi asosiy talab – NATOning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik. Yanvarda AQSh va NATO Rossiyaga mazkur loyiha yuzasidan o‘z javoblarini yuborgan. Ittifoqchilar o‘z javobida NATOning “ochiq eshiklar siyosati” saqlanib qolishini bildirgan. Endi Rossiyaning AQSh hamda NATOga javoban yangi talablarni yuborishi kutilmoqda.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1614 | Рейтинг: 0| Рейтинг: e’tiborsiz, bo‘yicha, xavfsizlik, va, AQSH, NATOning, Putin, gapirdi, haqida, qoldirgani, talablarini, Rossiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное