Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Bayden Zelenskiyga Rossiya Ukrainaga bostirib kiradigan bo‘lsa AQSh va uning ittifoqchilari “tegishli javob” qaytarishini va’da qildi

AQSh prezidenti Jo Bayden 2-yanvar kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat chog‘ida Bayden Zelenskiyni Rossiya Ukrainaga bostirib kiradigan bo‘lsa, Vashington va uning ittifoqchilari bunga qat’iy javob berishga tayyor ekaniga ishontirdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati suhbatdan so‘ng ma’lum qildi.

“Prezident Bayden, agar Rossiya Ukrainaga bostirib kirsa, AQSh, uning ittifoqchilari va hamkorlari qat’iy javob berishini aytdi”, — deyiladi bayonotda.

Shuningdek, har ikkala yetakchi NATO—Rossiya hamda Yevropa xavfsizlik va hamkorlik Tashkiloti (YeXHT) kengashi doirasida bo‘lib o‘tadigan Rossiya va AQSh o‘rtasidagi xavfsizlik bo‘yicha muzokaralarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Dekabr oyi oxirida Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lajak muzokaralarni muhokama qilgandi.

Zelenskiy Twitter’da Bayden bilan muzokaralar chog‘ida Ukraina, AQSh va hamkorlarning Yevropada tinchlikni saqlash, yanada keskinlashuvga yo‘l qo‘ymaslik, islohotlar va “deoligarxizatsiya” bo‘yicha qo‘shma harakatlarini muhokama qilganini yozgan.

Yevropada xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha muzokaralar G‘arb OAVlarining Ukraina bilan chegarada Rossiya qo‘shinlari to‘plangani va Rossiyaning ehtimoliy bosqini haqidagi xabarlari ortidan boshlandi.

Moskva bu ma’lumotlarni rad etib, Ukrainadagi harbiy harakatlarga tayyorgarlik haqidagi xabarlarni “quruq, asossiz keskinlik” deb atamoqda. Qolaversa, Rossiya G‘arb davlatlaridan NATOning sharqqa tomon kengaymasligi, Ukraina esa bu tashkilotga qabul qilinmasligi haqida kafolat talab qildi.

Yevropadagi xavfsizlik kafolatlari, Ukrainadagi vaziyat va Moskvaning talablari yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan xalqaro muzokaralar mavzusi bo‘lishi kutilmoqda. 10-yanvar kuni Jenevada Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar, 12-yanvarda Bryusselda Rossiya—NATO kengashi yig‘ilishi, 13-yanvarda Venada YeXHT doimiy kengashining yig‘ilishi rejalashtirilgan.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1043 | Рейтинг: 0| Рейтинг: n bo‘lsa, qaytarishini, tegishli javob, Ukrainaga, qildi, va’da, bostirib, ittifoqchilari, uning, Bayden, Zelenskiyga, Rossiya, kiradiga, AQSH, va
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:59
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное