Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

AQSH Kongressi Baydenni Rossiyaga qarshi yangi “urush”ga chaqirdi

AQSH kongressmenlari Stiven Koen va Jo Uilson Kongress Vakillar palatasiga AQSH Prezidenti Jo Baydenni Ukrainadagi voqealar tufayli Rossiyani BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zoligidan chiqarib tashlashga chaqiruvchi rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi. 

“Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi va asossiz urushi munosabati bilan Rossiyaning BMT Xavfsizlik Kengashidagi ishtiroki BMTning maqsad va tamoyillarini buzadi”, deyiladi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik komissiyasi kongressmenlarining qo‘shma bayonotida. 

AQSH Kongressi Vakillar palatasiga Rossiya Federatsiyasini BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibidan chiqarish to‘g‘risidagi rezolyutsiya loyihasida Rossiya BMT tamoyillarini “bitta va ataylab” buzayotgani ta’kidlangan. 

Tennessi shtatidan demokrat kongressmen Stiv Koen va Janubiy Karolinadan respublikachi Jo Uilson Oq uy rahbarini Rossiyani BMT Xavfsizlik kengashidan chiqarish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqirdi.

Qayd etilishicha, rezolyutsiya majburiy emas va faqat Oq uyga tavsiyadir. 

Avvalroq AQSH ma’muriyati Ukrainadagi maxsus operatsiya bilan bog‘liq G‘arbda vaqti-vaqti bilan bunday chaqiriqlarga qaramay, Rossiyani BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari ro‘yxatidan chiqarib tashlashning iloji yo‘qligini bir necha bor tan olgan edi. 


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 663 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Bayden, AQSH, Rossiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное