Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Rossiyadagi avtohalokatda 10 kishi halok bo‘ldi

15-fevral kuni Rossiyaning Leningrad viloyatida mikroavtobus va yog‘och tashiydigan yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi va uch kishi yaralandi. Bu haqda "Interfaks” axborot agentligi xabar berdi.

Avtobusda jami nechta yo‘lovchi borligi ma’lum qilinmagan. Yaralanganlar orasida yuk mashinasining haydovchisi ham bor.

Avtohalokat Finlyandiya chegarasidan uzoq bo‘lmagan "Skandinaviya” trassasida  sodir bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasi FVV saytida ma’lum qilinishicha, yo‘l-transport hodisasi haqida Moskva vaqti bo‘yicha soat 10:30 da xabar kelib tushgan. RIA Novosti ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobillar 10:05 da "Viborg-Brusnichniy” yo‘lining 16-kilometrida to‘qnashgan.

YPX "Folksvagen” xususiy mikroavtobusi qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketganini tasdiqladi. Yuk mashinasi bo‘sh edi, deb aniqlashtirdi "Peterburg haydovchisi” portali.

2013-yilning oktabr oyida ham shunga o‘xshah yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan edi. O‘shanda avtobus ikki avtomobil bilan to‘qnashib ketgan. Natijada qariyb 16 kishi jarohatlangan.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 6377 | Рейтинг: 0| Рейтинг: avtohalokat, Rossiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное