Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

“Mobil qaramlik”ni yo‘q qilish 15-aprelgacha qoldirildi


1-dekabrdan boshlab Rossiyada MNP xizmati amalga kiritilishi rejalashtirilgan. Bunda telefon raqamini saqlagan holda boshqa uyali aloqa operatoriga o‘tish mumkin bo‘ladi. Digit.ru’ning hukumat qaroriga tayanib yozishicha, mobil aloqa operatorlari "mobil qaramlik”dan voz kechish ishlarini 1-dekabrdan 15-aprelgacha amalga oshirish kerakligi ta’kidlangan.

Rossiya Federatsiyasida "mobil qaramlik” bekor qilinib, abonent o‘z raqamini saqlagan holda boshqa aloqa operatoriga o‘tishi imkoni yaratilgach, telekommunikatsiya kompaniyalari ko‘p pul to‘lovchi mijozlaridan ayrilib qolishi mumkin. Ericsson o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Rossiyadagi iPhone egalarining 19 foizi o‘z aloqa operatorini tark etib, raqib kompaniyasiga o‘tishga tayyorlar; 45 foizi o‘z operatoriga sodiq, 36 foizi esa hali bir qarorga kelmagan, deydiKommersant.ru nashri.

Android bazasida ishlovchi smartfonlar egalari esa o‘z operatoriga sodiqroq chiqishdi: boshqa operatorga o‘tish istagini bildirganlar 15 foizga teng. Oldingi operator xizmatidan foydalanishni davom ettiruvchilar 57, bir qarorga kelolmaganlar esa – 28 foizni tashkil etadi.

Android platformasi, butun dunyoda bo‘lganidek, Rossiyada ham yetakchi bo‘lib, bozorning 70 foizdan ortig‘ini egallagan. Apple ulushi atigi 8 foizga teng bo‘lsa-da, so‘rovnoma xulosalariga ko‘ra, iPhone egalarining to‘lov qobiliyati nisbatan kattaroq. Ularning daromadi yuqori bo‘lib, aloqa xizmatlari uchun oyiga o‘rtacha 40 AQSh dollari sarflaydi. Android-fonlar sohiblari esa aloqa uchun bir oyda o‘rtacha 30 dollar xarjlashadi.

Ericssonning Shimoliy Yevropa va Markaziy Osiyo bozori bo‘yicha bosh mutaxassisi Tatyana Ledovskaya so‘zlariga ko‘ra, iPhone sohiblari telefon ishlab chiqaruvchisi brendiga sodiq bo‘lib, aloqadagi nosozliklar uchun telefonni emas, balki aynan operatorni ayblashga moyillar. Uning aytishicha, so‘rovnoma davomida Rossiyaning turli hududlarida yashovchi, 15 dan 69 yoshgacha bo‘lgan 2597 nafar kishidan intervyu olingan.

Mobile Research Group yetakchi tahlilchisi Eldar Murtazinning fikricha, Moskvada abonentlarning 20 foizi boshqa operatorga o‘tishni istaydi, bunda ular qanday telefon ishlatayotganligi ahamiyatsiz. "Bunda turtki beruvchi omil telefon markasi emas, balki operatorda u yoki bu xizmatlarning yo‘qligidir”, – deydi ekspert.



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 5094 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Mobil qaramlik, Rossiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:38
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное