Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

"Xo‘ja Nasriddin" filmida Jan Reno suratga tushadi


Tarixda ilk marotaba Fransiyadagi 71-Kann Xalqaro kinofes­tivalida “O‘zbekiston” paviloni tashkil etildi. 8-19 may kunlari Fransiyaning mashhur Kruazet sohili bo‘yidagi

Festivallar va kongresslar saroyida taqdim etilgan yurtimiz pavilonida kechgan jarayonlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida Yosh kinoijodkorlar kengashi raisi Oybek Abdushukurov va delegatsiya a’zolari bilan bog‘landik...

— Oybek, “Kann”ga borish uchun qanday chig‘iriqlardan o‘tildi?

— Uch yildan buyon turli xalqaro kinofes­tivallarda prodyuser sifatida ishtirok etib kelaman. Yillar davomida chiqargan xulosam shuki, kino bozorining kino sanoatida o‘rni katta ekan. Shu ma’noda, O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga “Kann”da ishtirok etish taklifini kiritganimda, fikrimni qo‘llab-quvvatlashdi. Yarim yil davomida “O‘zbekiston” pavilonida ko‘rsatish mumkin bo‘lgan kino tariximiz, bugungi kundagi filmlarimiz, umuman O‘zbekiston haqida ma’lumotlar jamlangan jurnal va kinoprodyuser, rejissyorlarga namoyish qilish uchun aniq yo‘nalish bo‘yicha taqdimot tayyorladik. Muhimi, distribyutorlar yarim yillik mehnatimizni “eng zo‘r jurnal”, deya e’tirof etishdi.

— “Kann”da istalgan davlatdan borgan delegatsiya pavilon tashkil qilish uchun joy sotib olishi hech kimga sir emas. Bu imkoniyatdan o‘zbek kinoijodkorlari nega endi foydalanyapti?

— Nega bu imkoniyatdan foydalanilmaganidan bexabarmiz. “Kann”da hamma davlatlar ham milliy pavilon ochishning uddasidan chiqa olmaydi. Biz u yerda taniqli kinoprodyuser, distribyutorlar bilan muzokaralar olib borib, ularni O‘zbekistonda kino uchun yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirdik. Festivalda namoyish etilayotgan filmlarni, Kann shahriga tashrif buyurgan o‘nga yaqin mutaxassis va ishtirokchilarni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “PROlogue” xalqaro kinofestivaliga jalb etdik. Qolaversa, “Uzbek film comission” tashkiloti orqali o‘zbek kino salohiyati dun­yoga taqdim qilindi. Har yili ishtirok etib, yangiliklar, erishilgan natijalar bilan bo‘lishish oson ish emas. O‘ylaymanki, kelasi yil yangi natijalar bilan yana ishtirok etamiz.

— Xorij kinoijodkorlari bilan qanday shartnomalar imzolandi?

— Italiya, Avstraliya, Hindiston, Angliya, Ispaniya, Koreya kabi 20dan ortiq davlatlarning kinokompaniyalari bilan memorandumlar imzoladik. Bu shartnomalardan hech bo‘lmaganda yigirma foizi amalga oshsa ham o‘zbek kinosi uchun katta yutuq bo‘ladi. Eng katta muvaffaqiyatimiz, bu – yosh kinoijodkorlarni xorijdagi institutlarga tajriba oshirishga yuborish memorandumi. Yosh kinoijodkorlarimiz orasida sinov e’lon qilib, munosiblarni tanlab, xorijga malaka oshirishga yuboramiz.

— O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyaning “Renovasio” kinokompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolabdi. Nega aynan klassikaga aylanib qolgan “Xo‘ja Nasriddin” filmiga qo‘l urilyapti?

— Xo‘ja Nasriddin qahramoni rossiyalik kinoijodkorlarga qiziq bo‘lgani bois uch yildan buyon film suratga olish niyati bilan yurishgan ekan. “O‘zbekkino”ga ham murojaat qilishgan, biroq o‘zbekistonlik hamkor topisholmagan. O‘zbek paviloni ochilganidan xabar topib, taklif bilan chiqishdi. “Ijodiy guruhning ellik foizi o‘zbek kinoijodkorlaridan bo‘ladi”, deb shart qo‘ydik. Boisi bu orqali tajriba almashishga erishamiz. Rozi bo‘lishdi, memorandum imzoladik. O‘zbekiston, Rossiya hamkorligidagi film bo‘ladi, nasib etsa. Mazkur filmning tayyorgarlik jarayoni 3-4 oy vaqt oladi. Shu bois suratga olish ishlari kelasi yildan boshlanadi. Film­ning ssenariy muallifi va rejissyori Rossiyadan bo‘lishi kutilyapti. O‘zbek qahramonini dunyo standartlariga mos keladigan tarzda dunyoga olib chiqishmoqchi. Nega endi bunga qarshilik qilishimiz kerak? Mazkur loyihani ishga tushirilishi mamlakatimizga xorijiy investisiyaning jalb etilishiga yordam beradi.

— Mazkur filmga nega aynan Jan Reno taklif etildi?

— “Renovasio” kinokompaniyasi prodyuseri Georgiy Malkovning ta’kidlashicha, ssenariy fransuz aktyori Jan Renoga yuborilgan. Aktyor bu taklifni iliqlik bilan qabul qilgan. Dunyo yulduzlarini bir loyihada jam bo‘lishi dunyo kinoprokatiga yo‘l ochib beradi. Jan — O‘zbek filmlari kinoprokatini xorijda ham yo‘lga qo‘yishning uddasidan chiqildimi?

— Masalan, turkiyalik, rossiyalik, marokashlik kinoijodkorlar “Skorpion” filmining taqdimotini o‘tkazish va dunyo kino prokatini yo‘lga qo‘yish taklifi bilan chiqishdi. Bu borada ham kelishuvlar tuzdik. O‘zbek kinoijodkorlariga dunyo tajribasi juda muhim. Yurtimizda yetishmaydigan texnikalarni boshqa davlatlardan olib kelib, dunyo standartlariga mos ravishda film suratga olsak, nufuzli kinofestivallarda “A” kategoriyada ishtirok etishimizga imkon tug‘iladi.

— Internetda “ayrim OAVlarda Rashid Malikovning “Sabot”, Muxlisa Azizovaning “Skorpion” va Rustam Melievning “Maqsad” filmlari “Kann”da namoyish qilinishi haqida yolg‘on tarqatildi”, deya xabar chiqdi. Bunday mish-mishlarga nima sabab bo‘ldi?

— Ijodkor va muxlis o‘rtasidagi ko‘prik, bu – jurnalist. Matbuot anjumanida aniq ma’lumot berishimizga qaramay, Kann xalqaro kinofestivali haqida tasavvurga ega bo‘lmaganliklari bois noto‘g‘ri xabarlar tarqalgan.

Reno, albatta, Xo‘ja Nasriddin emas, boshqa rolga taklif etilgan. Xo‘ja Nasriddin rolini kim o‘ynashi haqida hali bir to‘xtamga kelingani yo‘q.

— Kinematografiyani rivojlantirish markazi “Kann”da ishtirok etib, nima karomat ko‘rsatdi?

— Hech bir ishda ilk qadamdanoq “durdona” yaratib bo‘lmaydi. Buning uchun vaqt, bilim, dunyo tajribasi kerak. Biroq oldimizga qo‘ygan maqsadimiz aniq, shu tomon intilyapmiz. Nasib etsa, tuzgan shartnomalarimiz bilan kelasi yildan karomat ko‘rsatishga harakat qilamiz. Muhimi, dunyo kinosi bilan uzilib qolgan “ko‘priklar”ni tiklab olsak, marra bizniki.

"Paralimpiadachilar singari yuqori natijalarga erishsak ajabmas"

Ra’no Shodiyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist:

“Kann”dan O‘zbekiston yoshlar ittofoqi qoshidagi imkoniyati cheklanganlar yoshlar va bolalar markazi rahbari sifatida yangi g‘oya bilan qaytdim. Aniqrog‘i, imkoniyati cheklanganlar ham ishtirok etishi mumkin ekan. Kelasi gal “Kann”da markazimiz vakillari bilan xuddi paralimpiadachilar singari yuqori natijalarga erishsak ajabmas.

 

"Yuzma yuz muloqotlar yetishmaydi"

Muxlisa Azizova, rejissyor:

— “Kann”ga bu yil uchinchi tashrifim. Bu yil rasmiy ravishda delegatsiya a’zosi sifatida ishtirok etdim.

— Yosh ijodkor sifatida o‘zingizga qanday yangi tajriba orttirdingiz?

— “Kann”dagi filmlarni tomosha qilganim, festival rahbarlari, prodyuser, ssenarist, aktyorlar bilan suhbatda bo‘lganim, mahorat darslari katta tajriba yig‘ishimga sabab bo‘ldi. Ulardan Toshkentda o‘tadigan “PROlogue” xalqaro kinofestivalini dunyo talabiga javob beradigan darajada o‘tkazish sirlarini ham o‘rgandik.

— Internetda rejissyorligingizdagi "Sorpion" filmi “Kann”da namoyish qilinar ekan”, degan yolg‘on xabarlar tarqalganidan xabaringiz bormi?

— Yo‘q. “Skorpion” filmining suratga olish ishlari hali davom etyapti. “Skorpion” “Kann” xalqaro kinofestivalida emas, milliy pavilonda distribyutorlarga katalog sifatida ko‘rsatildi. Ular ham o‘z tajribalarini biz bilan bo‘lishishdi. Shu asosda filmni xalqaro talablarga javob beradigan tarzda montaj qilib, muxlislarga taqdim qilishni reja qildik. “Kann”dagi ishtirokimiz dunyo kino bozoriga qadam qo‘yishimizga katta imkoniyat bo‘ldi. Imzolangan memorandumlar doirasida birorta davlat bilan hamkorlikda film suratga olishni niyat qilib qo‘ydim.

— “Kann”da o‘zbek filmlarini namoyish qilish uchun kinoijodkorlarimizga nima yetishmayapti?

— Avvalo dunyo kinoijodkorlari orasida O‘zbekiston nomini tanitib olishimiz kerak. Filmlarni internet orqali yuborgandan ko‘ra to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotda bo‘lish festivalda qatnashish imkonini ta’minlaydi. O‘zbek kinoijodkorlariga aynan kino bozordagi yuzma yuz muloqotlar yetishmaydi.

"Qizil yo‘lakchadan o‘tdim, biroq..."

Akbarxo‘ja Rasulov, aktyor: — Kann xalqaro kinofestivalini “Oskar”dan ham yuqori qo‘yaman. Hech bo‘lmaganda kino ko‘rib ketish ham ijodkor uchun katta tajriba bo‘la oladi. Va katta ish qilishga o‘zida kuch topa oladi. Tashkilotchilardan talaba yoshlarni ham bir necha kunga “Kann”ga olib borib, tajriba, qo‘shimcha bilim olishlariga imkon yaratishlarini so‘ragan bo‘lardim. Al-Buxoriy kabi allomalarimiz ham dunyo kezib bilim izlashgan-ku.

“Kann”dagi qizil yo‘lakchadan o‘tish nasib etdi. Lekin yaqin yillarda birorta filmning qahramoni sifatida shu yo‘lakchadan o‘tishni dilimga tugib qo‘ydim. Buning uchun esa o‘zimda o‘z ustimda ko‘proq ishlashga xohish sezyapman.

— O‘zbek kinosidagi qaysi jihatlarni tahlil qildingiz?

— O‘zbek kinosiga prodyuserlar yetishmaydi. Boisi dunyo kinosida kino taqdirini ular hal qiladi. Prodyuserlar tajribasini o‘rganishimiz va buni amalda qo‘llashimiz kerak. Biroq yaqin yillarda xorij filmlarimiz O‘zbkistonda suratga olinishiga ko‘zim yetyapti.

Sadoqat ALLABERGANOVA



Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 3916 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Jan Reno, Xo‘ja Nasriddin
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное