Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

O‘zbekiston importida eng yuqori ulushga ega 10 ta mamlakat nomi ma’lum qilindi

O‘zbekiston importida 2021-yilning yanvar—noyabr oylarida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar nomi ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.

Qayd etilishicha, ro‘yxatda 4,7 milliard dollar bilan Rossiya yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindan Xitoy joy olgan — 4,4 milliard dollar. Kuchli uchlikni 2,5 milliard dollar bilan Qozog‘iston yakunlagan. Keyingi o‘rinlar quyidagicha:

  • Koreya — 1,6 milliard dollar;
  • Turkiya — 1,5 milliard dollar;
  • Germaniya — 614,6 million dollar;
  • Turkmaniston — 450,6 million dollar;
  • Ukraina — 420 million dollar;
  • Hindiston — 410,7 million dollar;
  • Litva — 397 million dollar.

O‘zbekistonning yanvar—noyabr oylaridagi tashqi savdo aylanmasi 37,9 milliard dollarga teng bo‘lgan. Bunda:

  • eksport 15,5 milliard dollarni;
  • import 22,4 milliard dollarni;
  • passiv tashqi savdo balansi 7 milliard dollarni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston importida 2021-yilning yanvar—oktabr oylarida yuqori ulushga ega bo‘lgan top-10 hamkor davlatlar nomi ma’lum bo‘lgandi. Unda 8-o‘rinda 371,9 million dollar bilan Hindiston, 9-o‘rinda esa 364,2 million dollar bilan Ukraina joy olgan. Ayni dam ularning ro‘yxatdagi o‘rni o‘zaro almashganini kuzatish mumkin



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1496 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ma’lum, importida, eng, ulushga, ega, nomi, qilindi, O‘zbekiston, mamlakat, Yuqori, 10, ta
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:48
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное