Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Rossiyada 200 ming nafar o‘zbekistonlik norasmiy ishlayotgani ma’lum qilindi
Bugungi kunda Rossiyada 200 ming nafar o‘zbekistonlik mehnat migratsiyasida norasmiy ishtirok etmoqda. Bu haqda 13-dekabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshqarma boshlig‘i Azim Ahmatov ma’lum qildi.Azim Ahmatovning aytishicha, hozirda xorijdagi jami o‘zbek muhojirlari soni 2 million nafardan ortiq.

Joriy yilning birinchi choragi yakunida xorijiy davlatlardagi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari soni 2 million 346 ming nafarni tashkil etgan. Bu raqam chiqqandan keyin 400 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga qaytib kelgan. Bugungi kunda o‘rtacha 2 million nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarolari mehnat migratsiyasida ishtirok etmoqda.
Aytish kerakki, hozirda migrantlarning rasmiy ishlash holati keskin oshdi. Ilgari umumiy mehnat migratsiyasida ishtirok etayotgan fuqarolarning 0,15 foizigina rasmiy ishlayotgan bo‘lardi. Bugun bu ko‘rsatkich mavsumga qarab 8-9 foiz atrofida. Umumiy olganda esa chet eldagi fuqarolarning 90 foizga yaqini rasmiy ishlamoqda. Masalan, Rossiyada 1 million 500 ming fuqaromiz mehnat migratsiyasida ishtirok etyapti. Ularning 200 ming nafari mamlakatda norasmiy yuradi. Fuqarolarimiz ko‘p davlatlarga tashkiliy tartibda ketmagan bo‘lsa ham xorijda mehnat faoliyatini rasmiylashtirgan”, – dedi mutaxassis.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 636 | Рейтинг: 0| Рейтинг: 200, nafar, O‘zbekiston, qilindi, ming, Rossiya, ishlayotgani, ma’lum, norasmiy
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное