Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Qo'rqmas - soundtreck
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. TisMarHan-soundtreck
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Ishq Jodusi - All I want
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Titanik-soundtreck
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistondagi ilk pulli avtomobil yo‘llari qachon qurib bitkazilishi ma’lum qilindi
Toshkent—Andijon va Toshkent—Samarqand pulli avtomobil yo‘llari 2026-yilgacha qurib bitkaziladi. Bu haqda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori Zokir Bozorov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2022—2026-yillarda transport sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 5 ta yirik loyiha bo‘yicha hujjatlar tayyorlash va o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Bular:

Jahon banki maslahat ko‘magida amalga oshirilayotgan Toshkent—Andijon pullik avtomobil yo‘lini qurish loyihasi;
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki maslahat ko‘magida amalga oshirilayotgan Toshkent—Samarqand pullik avtomobil yo‘lini qurish loyihasi;
Samarqand va Shahrisabz shaharlari orasida 66 kmlik avtomobil yo‘li va Taxtaqoracha dovonida 4,4 kmlik tunnel qurish loyihasi.
Transport sohasida 2019—2022-yillar davomida 7 ta loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilayotgan bo‘lib, shundan 2 ta loyiha bo‘yicha DXSH bitimi imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi ilk pulli yo‘llarning qurilishi haqida 2018-yilda xabar berilgandi. O‘shanda bu kabi yo‘llarning birinchisini qurish bilan Germaniyaning GP Günter Papenburg kompaniyasi shug‘ullanishi mumkinligi aytilgandi. 2019-yilda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi O‘zbekistondagi ilk pulli trassani qurish uchun joy tanlanayotganini ma’lum qilgandi.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1538 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qurib, qachon, yo‘llari, ilk, avtomobil, ma’lum, O‘zbekiston, qilindi, Pulli, bitkazilishi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:27
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное