Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda 1-yanvardan avtomobil sotib olganlik uchun yig‘im to‘liq bekor qilindi

O‘zbekistonda avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yig‘im olib tashlandi. Bu haqda “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonuni matniga tayanib, huquqshunos Xushnud Xudoyberdiyev ma’lum qildi.

Uning yozishicha, ushbu qonunda avtomobilni sotib olganlik uchun yig‘im nazarda tutilmagan. Demak, ushbu yig‘im 1-yanvardan to‘liq bekor qilingan. Bungacha amalda bo‘lgan tartibga ko‘ra, avtosalondan yangi mashina sotib olganda shartnoma narxining 3 foizi miqdorida yig‘im to‘lanardi (masalan, 100 million so‘mlik mashina uchun 3 million so‘m, 300 million so‘mlik bo‘lsa, 9 million so‘m).

Agar ikkilamchi bozordan mashina sotib olinganda ishlab chiqilgan yiliga qarab har bir ot kuchi uchun 29 ming 700 so‘mgacha yig‘im olinardi. Masalan, ishlab chiqarilganiga 3 yil to‘lmagan 100 ot kuchiga teng mashinani sotib olganlik uchun deyarli 3 million so‘m yig‘im to‘lanardi.

Endi shu yig‘imlar 1-yanvardan to‘liq bekor qilindi.

“Agar kimdir mashina sotib olgan-u, lekin o‘z nomiga rasmiylashtirishdagi katta xarajatdan qochib, ‘generalnaya doverennost’ olib haydab yurgan bo‘lsa, ular endilikda mashinalarini o‘z nomlariga o‘tkazib olishlari mumkin. To‘g‘ri, hozir notariusda to‘lanadigan davlat bojining yuqori stavkalari o‘z kuchida turibdi, ammo tez orada davlat bojlari ham kamaytirilishi kutilmoqda. Yanada aniqroq aytganda, mashinaning ot kuchi va yilidan qat’i nazar, bazaviy stavkaning 3 barobari (810 ming so‘m) etib belgilanishi rejalashtirilmoqda”, — deb yozadi u.

Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha, “iste’molchilarga qarshi jazolovchi va monopolist” UzAuto Motors’ni qo‘llovchi tarzidagi bu yig‘im miqdori ba’zida eski avtomobillar narxining o‘zidan ham qimmat bo‘lib ketgan va o‘zbekistonliklarning avtomobil oldi-sotdisini rasmiylashtirishdan ko‘ra, ishonchnoma asosida bitim amalga oshirishdan o‘zga chorasi qolmagan.

Shuningdek, bu bo‘yicha Budjet kodeksiga kiritilgan tegishli o‘zgartirishlar hali ochiqlanmaganini eslatib o‘tgan.

“Avtomobil oldi-sotdi shartnomalarini YHXBdan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘imlar bekor qilindi (ertagayoq YHXBga borishga sal shoshmay turing, bizga hujjat yetib kelmadi yoki Budjet kodeksiga o‘zgartirish kiritilmadi, deya paysalga solishlari mumkin). Xalq tomon yurish deya baholangan ushbu ezgu ish uchun kam sonli bo‘lsa-da, saylangan deputatlarga va budjet jarayoniga aloqador boshqa barcha xalqparvarlarga tashakkur bildirish kerak bo‘ladi”, — deb yozadi Bakirov.

Avvalroq Doniyor G‘aniyev ikkilamchi bozordagi avtomobillar oldi-sotdisidagi bojlarni pasaytirishni so‘rab deputatlik so‘rovi yuborgani, mazkur so‘rovga Moliya vazirligi 2022-yil budjet parametrlarini shakllantirishda avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun undiriladigan yig‘imlarni bekor qilish ko‘zda tutilayotganini ma’lum qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1552 | Рейтинг: 0| Рейтинг: 1-yanvardan, Uchun, sotib, avtomobil, bekor, to‘liq, O‘zbekistonda, olganlik, yig‘im, qilindi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное