Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

1 yilgacha bo‘lgan avtomobillar uchun oshirilgan notarial boj bekor qilindi


1 yanvardan boshlab O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan va import qilingan, foydalanish muddati ishlab chiqaruvchining rasmiy dilerlaridan xarid qilingan kundan boshlab bir yildan oshmagan yengil avtotransport vositalari bo‘yicha tegishli shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun bojni har bir ot kuchi uchun eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida undirish bo‘yicha talab bekor qilindi. Bu prezidentning 29 dekabrdagi 2018 yilgi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va davlat byudjeti parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori bilan nazarda tutilgan.

Bunga qadar notariuslar tomonidan mahalliy ishlab chiqarilgan va import qilingan, foydalanish muddati ishlab chiqaruvchi rasmiy dilerlaridan xarid qilingan kundan boshlab 1 yildan oshmagan yengil avtotransport vositalaridan foydalanish huquqini yoki oldi-sotdi shartnomasini, almashtirish, hadya qilish, renta, ijaraga olish, beg‘araz foydalanish, garovga qo‘yish yoki lizingi bo‘yicha tegishli shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun boj har bir ot kuchi uchun eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida undirilar edi. Shu bilan birga, ko‘rsatilgan stavka avtomobillar bilan bir yil davomida qancha shartnoma imzolanganiga qaramay qo‘llanilgan.

Xarid qilingan kundan boshlab uch yildan oshmagan avtomototransport vositalarining olti-sotdi, almashtirish, hadya qilish bo‘yicha shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun amaldagi boj eng kam ish haqining 10 foizini, xorijda ishlab chiqarilgan avtotransport uchun – eng kam ish haqining 30 foizini, avtomobillardan ota-ona, turmush o‘rtog‘i va uning ota-onasi, aka-ukalar, opa-singillar, nabiralar hamda qarindoshlar tomonidan foydalanish huquqini tasdiqlaganlik uchun – eng kam ish haqining 1 barobari, boshqa shaxslar tomonidan foydalanish huquqi – eng kam ish haqining 5 barobari, boshqa shaxslar boshqaruvi huquqiga berish – eng kam ish haqining 10 barobarini tashkil etadi.



Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3105 | Рейтинг: 0| Рейтинг: avtomobil, oshirilgan notarial boj, 1 yil, bekor qilindi, bo‘lgan, Uchun
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное