Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Tojikistonda ilk bor kuch tuzilmalari uchun davlat budjetidan sarflanadigan xarajatlar miqdori oshkor qilindi

Tojikiston Adliya vazirligi birinchi marta davlat budjetidan kuch tuzilmalari va sudlar uchun sarflanadigan xarajatlar miqdorini e’lon qildi. Bu haqda “Fergana” agentligi xabar berdi.

“2022-yil uchun Tojikiston Respublikasi davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonunning 2-moddasi ikkinchi punktida ko‘rsatilishicha, “mudofaa, huquqni muhofaza qilish organlari, huquq-tartibot organlari va sudlar”ni moliyalashtirishga sarflanadigan umumiy xarajatlar qariyb 2,3 milliard somoniyni (203,5 million dollar) tashkil etadi, bu budjet xarajatlarining 6,8 foizdan ortig‘iga teng.

Qonun matnida xarajatlarning muassasalar va huquqni muhofaza qilish organlari turlariga ko‘ra taqsimoti keltirilmagan. Biroq o‘tgan yillarda kuch tuzilmalari va huquq-tartibot organlari uchun ketadigan xarajatlarning umumiy summasi ham e’lon qilinmasdi — o‘tgan yillardagi davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunlarda tegishli band “nashr qilish uchun emas” degan chiziqcha bilan belgilangan.

“Davlat sirlari to‘g‘risida”gi qonunda respublikaning mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha davlat budjeti xarajatlarining umumiy ko‘rsatkichlarini e’lon qilish taqiqlanmagan, deb yozadi Asia-Plus. Qurolli kuchlarning ayrim turlariga ketadigan xarajatlar uchun “Maxfiylik grifi” qonun bilan belgilanadi.

Shu bilan birga, Tojikiston mudofaa xarajatlari miqdori har yili harbiy kuchlarning global reytingini (Military Strength Ranking) ko‘rsatuvchi Global Firepower portali tomonidan e’lon qilinadi. Reytingga ko‘ra, 2021-yilda Tojikiston mudofaa uchun 79 million dollar ajratishni rejalashtirgan edi.

Tojikistonning 2022-yilgi davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun 24-noyabr kuni deputatlar tomonidan qabul qilingan, 30-noyabr kuni mamlakat prezidenti Emomali Rahmon tomonidan imzolangan. Hujjatga ko‘ra, kelasi yil budjetning daromad qismi 33 milliard somoniy (2,92 milliard dollar), xarajatlar qismi 33,62 milliard somoniy (2,97 milliard dollar) miqdorida bo‘lishi rejalashtirilgan. Budjet taqchilligi 620 million somoniydan (54 million dollardan) ortiqni tashkil etadi, bu esa xususiylashtirish, veksellarni sotish, xalqaro tashkilotlar kreditlari va boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.

Eslatib o‘tamiz, International Budget Partnership xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan Ochiq budjet indeksida Tojikiston budjeti noaniq davlatlar guruhiga kiritilgan. Davlat budjeti umumxalq muhokamasiga kiritilmaydi, qabul qilingandan keyin davlat organlari sohalar bo‘yicha daromadlar va xarajatlarning faqat umumlashtirilgan raqamlarini tafsilotlarsiz va tor tarmoqlarga e’lon qiladi.

 

 



Manba:Daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 996 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qilindi, miqdori, xarajatlar, Uchun, oshkor, tuzilmalari, ilk, sarflanadigan, bor, budjetidan, Kuch, davlat, Tojikistonda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:48
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное