Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Kuz ertagi-soundtreck
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Jumong-soundtreck
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

“Forsaj-10” filmini suratga olish uchun qancha mablag‘ sarflangani ma’lum qilindi
“Forsaj-10” filmining suratga olish jarayonlariga qancha mablag‘ sarflanishi ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda “Film.ru” nashri.

Manbalarga ko‘ra, Universal studiyasi film uchun taxminan 340 million dollar ajratgan. E’lon qilingan qiymat 2021-yilda katta ekranlarga chiqqan “Forsaj-9”  budjetidan 70 foizga qimmatroq. Narxlarning oshishiga inflyatsiya, pandemiya, Dominik Toretto rolini ijro etgan aktyor Vin Dizel va uning hamkasblari: Mishel Rodriges, Bri Larson, Jeyson Momoa, Sharliz Teron, Jon Sina va Jeyson Steytemning maoshi oshgani sabab bo‘lishi mumkin.Bahorda “Forsaj” filmining rejissori o‘zgardi: bu loyihaga boshchilik qilayotgan Jastin Lin aktyor Dizel bilan kelishmovchiliklar tufayli suratga olish jarayonlarida loyihani tark etdi. Studiya uning o‘rniga “Aldov illuziyasi” filmi rejissori Lui Leteryerni ishga oldi.

“Forsaj-10” filmi 2023-yilning 19-may sanasidan boshlab kinoteatrlarda namoyish etilishi rejalashtirilgan. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, filmning bu qismi “Forsaj” kinokartinalari orasidagi eng qimmat qismi bo‘ladi. Filmning barcha qismlari 2001-yildan buyon 6,6 milliard dollar mablag‘ yig‘gan. “Forsaj” filmining so‘nggi, ya’ni 11-kinokartinasi 2024-yilda katta ekranlarga chiqadi.


Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 1870 | Рейтинг: 0| Рейтинг: sarflangani, ma’lum, qancha, Uchun, olish, qilindi, suratga, film, Forsaj, mablag‘
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:48
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное