Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

“Qurilish: Usmon” serialini suratga olish maydonchasida hamkasblarini haqoratlagan Burak O‘zchivitning ishi sudda ko‘rib chiqilmoqda

Hamkasblarini haqorat qilganlikda ayblanayotgan Burak O‘zchivitning ishi bo‘yicha sud jarayoni boshlandi.

Sal avvalroq Istanbulning Beykoz tumani bosh prokuraturasining tekshiruvi yakuniga yetdi, endi esa aktyorga qarshi mazkur da’vo sudda ko‘rib chiqilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, sud zaliga OAV vakillaridan hech kim kiritilmagan.

Beykoz bosh prokuraturasi tomonidan tayyorlangan ayblov xulosasiga ko‘ra, Burak O‘zchivit “Qurilish: Usmon” serialini suratga olish jarayonida 4 nafar hamkasbini kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilgan. Suratga olish jamoasi so‘roq qilinganidan keyin da’vo ochilgan. Unga ko‘ra, O‘zchivit 3 oy-u 15 sutkadan 4 yil-u 1 oygacha bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi kerakligi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur voqea 2020-yil dekabrda sodir bo‘lgan bo‘lib, jamoadagi operator yordamchisining so‘zlariga ko‘ra, Burakning og‘zidan chiqqanlarni eshitib, suratga olish maydonchasidagilar shokka tushib qolgan va hech kim lom-lim deya olmagan.

Bu haqida uning o‘zi: “Iddao qilinganidek hech kimni haqorat qilmadim. Suratga olish jarayoni stressli bo‘lgani to‘g‘ri. Ammo og‘zimdan aslo so‘kinish va haqorat chiqmagan. Chiqishi ham mumkin emas. Meni yaqindan tanigan barcha bunday odam emasligimni yaxshi biladi”, — degan.

Avvalroq Turk aktyori Burak O‘zchivit PUBG o‘yinining qahramoniga aylanishi, o‘yinga qarshi bo‘lgan foydalanuvchilar virtual reallikni reklama qilish yaxshi emasligini yozib qoldirgani haqida xabar berilgandi.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 1216 | Рейтинг: 0| Рейтинг: maydonchasida, haqoratlagan, chiqilmoqda, sudda, O‘zchivitning, “Qurilish: Usmon” serialini, olish, hamkasblarini, Burak, ko‘rib, suratga, ishi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:50
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное