Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Endi xonandalar lisenziya olish uchun jonli ijro imtihonidan o‘tadilar


San’atkorlarga lisenziya berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Konsert-tomosha faoliyatini lisenziyalash to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq, Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhining xulosalari asosida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga lisenziya olish tartibi yuzasidan turli savol va takliflar kelib tushmoqda. Shu munosabat bilan ilk maratoba oshkora tartibda, shafoflik tamoyili asosida ochiq Badiiy Kengash tashkil etilmoqda.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad 2017 yil – “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturi hamda “Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining ijrosini ta’minlash, shuningdek, lisenziya talabgorlariga Ijodiy vakillar guruhi tomonidan qo‘yiladigan talab va shartlarga amal qilish borasida oshkoralik tamoyillariga erishish, xalqimiz, ayniqsa, yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan sayoz, saviyasi past, milliy ma’naviyatimizga zid bo‘lgan qo‘shiqlar paydo bo‘lishini bartaraf etishdan iborat.

Avvallari xonandalar o‘z qo‘shiqlarini diskka yozdirib, qo‘shiq matnlarini ilova qilgan bo‘lsalar, endilikda xonandalar “O‘zbekkonsert” davlat muassasasiga kelib o‘z repertuarlaridagi qo‘shiqlarni ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar (shoir, bastakor hamda ustoz xonandalar) tarkibidan iborat guruhga jonli ijroda kuylash orqali taqdim etadilar. Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi xulosasidan kelib chiqib, badiiy jihatdan puxta qo‘shiqlar ijrochilariga lisenziya beriladi.

“Turkiston” saroyining kichik majlislar zalida Ijodiy vakillar guruhining navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 32 nafar lisenziatning qo‘shiqlari Kengash a’zolari oldida jonli ravishda tinglandi.

Lisenziya olmoqchi bo‘lgan yosh ijrochi ijodkorlarga hamda keng ommaga lisenziya berish, Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi oldida jonli ijroda o‘z ijodiy salohiyatini namoyish etishni ochiq namoyish etish maqsadida ommaviy axborot vositalari jalb etildi. Bu esa lisenziya olmoqchi bo‘lgan talabgorlarga nafaqat jonli ijrodagi imtihon, balki yetuk mutaxassislar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar mahorat darslariga aylanmoqda.

Bobur Jalolov



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3150 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: lisenziya, Jonli Ijro, olish
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Rixsitilla13 Qo'shiqhila saralanarkande :p
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное