Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

San’atkorlar har yili Jonli Ijroda Imtihon topshiradigan bo'di

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi “Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori sohadagi ishlar ko‘lamini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Qarorga muvofiq, Konsert-tomosha faoliyatini lisenziyalash to‘g‘risidagi hamda Lisenziya uchun davlat boji stavkalari, konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish uchun bir marotabalik ruxsatnoma berish tartibi haqidagi nizomlar tasdiqlangan. 
Ilgari tijorat va reklama maqsadida tashkil etiladigan konsert-tomoshalari uchun guvohnoma berilgan bo‘lsa, endi har bir o‘tkaziladigan tadbir ssenariysi va dasturlari mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, bepul ruxsatnoma beriladigan bo‘ldi. Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi tomonidan yakkaxon ijrochilarning professional mahoratini oshirish va ijodini xolisona baholash maqsadida har yili jonli ijro asosida mahorat sinovlari tashkil etiladi. Sinovdan o‘tolmagan san’atkorlar 3 oydan so‘ng qayta imtihon topshiradi. 
Tadbirda milliy an’ana va qadriyatlarimizga, axloq-odob qoidalariga mos keladigan qo‘shiq va kliplar yaratish, yosh ijrochilarning ma’naviy olamini yuksaltirishga qaratilgan ishlarni kuchaytirish zarurligi qayd etildi. “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan yosh ijrochilarning xulq-atvori, sahna madaniyati, qo‘shiqlar matni va mazmunini yanada boyitishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda soha mutaxassislari, san’atkorlar ishtirokida mahorat saboqlari muntazam o‘tkazilmoqda. 
Matbuot anjumanida san’atkorlarga lisenziya berish tartibini kuchaytirish, ijrochilarga qo‘yiladigan talablarni oshirish, aholiga madaniy xizmat ko‘rsatishda ularning huquq va burchlarini belgilash masalalari bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi. Jurnalistlarning savollariga mutaxassislar javob berdi. 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3130 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Jonli Ijro, san’atkor, Imtihon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное