Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Lola Ahmedova: San’atkorlarga xavfli tahdidlar ko‘payib ketdi

Xonanda Lola Ahmedova ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi, biroq internetni suiiste’mol qilmaslik kerak, deb hisoblaydi. Xonanda bu haqda “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“O‘zim Instagram va Facebook’dan foydalanaman. Ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy tomoni bilan birga salbiy tomonlari ham yo‘q emas. San’atkorlarga xavfli tahdidlar ko‘payib ketdi — shaxsiy suratlar va videolarni tarqatib yuborishlar… Bunday harakatlar hech qanday mezonga to‘g‘ri kelmaydi”, — deydi Lola Ahmedova.
“Beayb Parvardigor, hammada ham kamchilik bor. Birovning dardini doston qilish milliyligimizga zid, andishamiz, g‘ururimiz, mardligimiz qayerda qoldi?! Nimaga shular qolib, fitnalar bilan yashaydigan bo‘lib qoldik?”, — deb savol bilan murojaat qildi xonanda.
“Odam bir joyga borishga ham qo‘rqib qoldi — atrofingizda kameralar yo‘qmikin, deb xavotir olasiz. Kimdir bunga qarshi albatta kurashishi kerak”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda Lola Ahmedova.


Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3555 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Lola Ahmedova, san’atkor, xavfli tahdidlar, ko‘payib ketdi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное