Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Ishq Ertagi - Title sound
. Pazanda - Im Loving You
. Qaxvaxona - soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

San’atkorlar dabdabali to‘ylar haqida


Prezidentimiz ziyolilar bilan o‘tkazgan uchrashuvida to‘y-hashamlar bilan bog‘liq ortiqcha xarajatlar minglab oilalarning nafaqat iqtisodiy ahvoliga, balki, butun hayotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida gapirdi. Biz esa san’atkorlarning ikkiavlod vakili — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Mavluda Asalxo‘jayeva va Ziyoda Qobilovani taklif etib, dabdabali to‘ylar haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

“ZAMONAVIY URF-ODATLAR ORTIQChA DABDABANI KELITIB ChIQARADI”

Mavluda Asalxo‘jayeva: — Bizning xalqimiz yaxshi kun,to‘ylarni yaxshi ko‘radi. O‘g‘il ko‘rgan ota–ona o‘sha kundan boshlab, o‘g‘limga to‘y qilaman, kelin olaman, deb niyat qilsa, qiz o‘stirganlar ham uni orzu-havas bilan uzatish haqida o‘ylaydi. Bu albatta, yaxshi. Lekin men turmushga chiqqan paytlarda nikoh oqshomidan boshqa biror-bir xarajat haqida eshitmasdik ham, bilmasdik ham. Hozir to‘ylarda odamlar kundan kunga chegara bilmas darajada dabdaba bilan bayram qilishayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Lekin hamma narsaning ham me’yori bo‘lishi shart. Bugungi to‘ylarga tashrif buyurganimda avvalo kelin-kuyov o‘tirgan joyning hashamat bilan bezatilgani e’tiborimni tortadi. To‘g‘ri, to‘yxonaning shiftigacha, gullar bilan bezatilgan dekoratsiya chiroyli ko‘rinadi, lekin 3-4 soatli marosim uchun shuncha gulni uvol qilib, katta xarajat qilish shartmi? O‘ylab qarasam, to‘yxona dekoratsiyasiga sarflangan xarajatning o‘ziga ham bitta to‘y o‘tkazish mumkin ekan...

Ziyoda Qobilova: — Mavdula opa, juda haq gaplarni aytdingiz, o‘zbekning xonadoniga to‘y yarashadi. Lekin bugun to‘y kimo‘zarga aylanib qolgandek. Ko‘pchilik “Falonchi qo‘shnim, mana bunday narsa qildi, men unikidan yaxshiroq qilishim kerak” degan tashvish bilan yashayotgandek. Undan muhim vazifalarni esa ikkinchi darajaga tushirib qo‘yishgan. Bu holatni qudalar misolida ham ko‘rishimiz mumkin. “Qudam menga yuborgan sarpodan yaxshirog‘ini, qimmatrog‘ini qilishim kerak” degan kimo‘zar ham bor.

M. A.: —Yoshlar ham shundan o‘rnak olishyapti. Oila qurish arafasida turgan yoshlar, “Dugonamning to‘yidan kam bo‘lmasligi kerak” deya ota-onaga shart qo‘yishadi. Bolamning ko‘ngli o‘ksimasin, deb o‘zini o‘qqa-cho‘qqa urib, qarzga botgan otaning ahvolini tassavur qilavering...

Z. Q.: — Hamma o‘z sharoiti va imkoniyatini hisobga olgan holdaxarajat qilishi kerak. Bir kunlik to‘y o‘tadi-ketadi, asosiysi undan keyingi hayot go‘zal bo‘lsin, to‘g‘rimi?

M. A.: — To‘g‘ri. Yuqoridagi muammolarga duch kelmaslik, odamning o‘ziga ham bog‘lik. Kattalarning o‘z fikri va vaziyatga shaxsiy munosabati bo‘lishi shart! Boshqalarga ergashmay o‘z qaroriga ega bo‘lsa maummolar ham yo‘qoladi. Masalan, mening yaqinlarim to‘y qilganda men bilan maslahatlashishadi. Men esa doim ”kelishib- kelishib to‘y qilinglar” deyman. To‘y qilayotgan ikki oilaning kattalari bir-birining sharoitinitushunishi kerak. Yana bir gapni alohida ta’kidlab o‘tishni istardim, millatimizning to‘y marosimi bilan bog‘liq go‘zal urf-odatlari bor. Ulardan voz kechish noto‘g‘ri. Lekin shularni amalga oshirishda ham biroz chegarani ushlashsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Masalan, kelin salom uchun beriladigan sarpolarning qimmatbahosini emas, oddiyrog‘ini ham qilsa bo‘ladi. Menimcha, mana shunday mayda-chuyda xarajatlar yig‘ishtirilsa, vaziyat ancha yaxshilanadi.

Z. Q.: — Bizning oilada ham qizlar ko‘p. Ularni to‘yi bo‘lganda, oilamizning kattalari o‘zaro kelishib, faqat kerakli narsalar bilan to‘y o‘tkazishgan. Bugun yoshlarning xohish-istaklari o‘zgaryapti,internet taromoqlarida boshqalarning to‘yini ko‘rib o‘zida ham shunday bo‘lishini istaydi. Kelajakni chiroyli ko‘rish, yaxshi, biroq, yoshlarga orzularni ham aql bilan amalga oshirishni o‘rgatish kerak.

BIRROVChILAR EMAS, NOPROFESSIONALLAR KO‘PAYGAN!

M.A.: — Bugun to‘ylar haqida gap ketar ekan, odamlar o‘sha zahoti “birrov”chilarni ko‘payib ketganini gapirishadi. Lekin o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, bugun professional bo‘lmaganlar juda ham ko‘payib ketgan. Bugun to‘ylarda xizmat qilayotgan ayrim navbatchi guruhlar, ilgari go‘zallik salonida, bozorda yoki yana qaerdadir ishlaganlardan tashkil topgan. Ular birovning ovozi bilan “kuylab” bizning sohaning nomiga putur yetkazyapti. Ana shundaylarning ijodidan qoniqmaganlar, to‘yiga “birrovchilarni” chaqirishyapti. To‘g‘ri, ilgari to‘ylarga bittagina san’atkor chaqirilardi, hech qanday “birrov”larsiz to‘yni fayzli o‘tkazish mumkin edi. Lekin bugun zamon boshqa, san’atkorlar ko‘paygan. Hammaning o‘z didi va sevgan xonansi bor. Onaxonlarga boshqasi yoqsa, yoshlarning o‘z yo‘nalishi bor. Shuning uchun ham bugun to‘ylargda “birrov”chilar ko‘paygan. Ammo shunda ham, to‘y ekan deb o‘ntalab xonandani qatorlatib qo‘yganlarga qarshiman. Me’erida 2-3 ta ijodkorlar chiroyli to‘y qilish mumkin. Bu mening shaxsiy fikrim.

Z. Q.: — Yana bir muhim jihatni yoddan chiqarmaslik kerak. Xonandalik bu bizning kasbimiz. Sevgan kasbimiz, o‘zimiz istagimiz tufayli to‘y va tadbirlarga borib muxlislar bilan uchrashamiz. Lekin bundan tashqari, hayotimizdagi turli vaziyatlarni, ichki holatimiz, oilaviy sharoitimiz va umuman kayfiyatimizdan qa’ti nazar ishimizni bajarishimiz shart deb bilaman. Kimdir yaxshi kuniga taklif etib, bizni quvonchiga sherik qilmoqchi ekan, biz bunga qarshilik bildira olmaymiz. Birovlar yillar davomida “to‘yimga albatta, chaqiraman” deb niyat qiladi. Shunday paytlarda ularga rad javobini berib, to‘yiga bormasligimiz ham, noto‘g‘ri, nazarimda.

M. A.: — Masalan men, ijodiy faoliyatimdagi 30 yil davomidabir xonadoning ikki uch avlodining yaxshi kun, to‘ylariga boraman. Huddi qadrdondek bo‘lib qolgan muxlislar bilan ana shu tarzda uchrashib turish mendek san’atkor uchun katta baxt!

TO‘YLARINI DISKLARDA KO‘Z-KO‘Z QILADIGANLAR

Z. Q.: — To‘ylar mavzusini ko‘targanda ko‘pchilik san’atkorlar o‘z visol oqshomini disklarga yozib, sotuvga chiqarayotganini gapiradi. Men shu mavzuga ham to‘xtalib o‘tmoqchiman. Hamma san’atkor ham o‘zining shaxsiy videolarini begonalarga ko‘rsatishni istamaydi. Mening to‘yimdagi lavhalar ham kimlarningdir aybi bilan sotuvga chiqib ketganda o‘zimdan o‘tganini o‘zim bilgaman... Birovlarning kasriga biz gapga qolamiz.

M. A.: — Menda ham xuddi shunday muammo bo‘lgandi. 8 yil avval qizimning to‘yi diski “qora bozor” rastalaridan joy olgan. O‘shanda rosa asabiylashgandim.Visol oqshomining diskini ataylab tarqatadiganlarni esa to‘g‘risi, umuman tushunmayman. Menimcha bu odamlarning ishtahasini “qitiqlab”, sizlar ham shunday qilinglar, demoqchi bo‘lganlarning ishi. Dabdabada qilishda san’atkorlar boshqalarga o‘rnak bo‘lib qolmasligi kerak.

Yana bir gap, “Mening xonadonim mana shunday hashamatli, uyimdagi bayramlar shunday dabdaba bilan nishonlanadi” degan foto, video “hisobotlarga” har doim ham ishonavermaslik kerak.Chunki shu sohada yuribman, ayrimlar asl yashash sharoitini berkitib, yolg‘ondan iborat videolarni tarqatib yurganiga guvoh bo‘lganman.

SAN’ATKORNING FAQAT DAROMADINI EMAS, XARAJATINI HAM INOBATGA OLING!

M. A.: — San’atkorlarning ishini hamma oson, “ikkita to‘yga kirib-chiqib, yengil pul topib yuribti-da” deb o‘ylaydi. Lekin xarajatlarimizning qanchalik ko‘pligini ham gapirish kerak! Qo‘shiq yozish, klip suratga olish oson ish emas. Avvallari konsert, tadbirlarda ishtirok etsak, ozmi-ko‘pmi gonorar berishardi. Bugun esa televidenie yoki radioga borsak ham “promo” uchun pul so‘rashadi.

Men bilan bir vaqtda sahnaga chiqqan hamkasblarimni bugun yonimda ko‘rmayman. Chunki yuqorida aytganimdek, sarf-xarajatiga hamma ham chiday olmaydi. Menga o‘xshaganlar esa yelib-yugurib ishlab sal–pal ko‘zga ko‘rinib turibmiz, xolos. Bu gaplarni to‘ylarga falon pulga chiqadi deganda, biz sarflaydigan harajatlarimizni ham e’tiborga olishlarini istardim.

Ikki san’atkor uchrashuv davomida to‘ylar mavzusida ko‘plab fikrlar bildirishdi. Biz esa suhbatdagi eng qiziq fikrlarni e’tiboringizga havola etdik. Ko‘rib turganingizdek qahramonlarimiz ham to‘ylardagi kamchiliklarni bartaraf etish tarafdori. Shunday ekan, internet va disklarda ko‘z-ko‘z qilinayotgan “go‘zal hayot”ga uchmasdan, hamma o‘z fikri va sharoitidan kelib chiqib ish ko‘rishi lozim. San’atkorlar esa Mavluda Asalxo‘jayeva ta’kidlaganidek, xalqqa faqat yaxshi fazilatlar bilan o‘rnak bo‘lishga intilishlari kerak.

Aliya SULAYMANOVA

Fotomuxbir: Islom Ro‘ziev



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6636 | Рейтинг: 0| Рейтинг: san’atkor, toylar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное