Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari imtihondan o‘tkaziladi

26 maydan 15 iyunga qadar O‘zbekistonning umumta’lim maktablarida yakuniy imtihonlar o‘tkaziladi. 4-8-sinf o‘quvchilari nazorat imtihonlarini topshiradi, 9-sinf o‘quvchilari esa yakuniy davlat attestatsiyadan o‘tkaziladi.
“Pravda Vostoka” gazetasida yozilishicha, alohida fanlarni chuqurlashtirib o‘rgatishga ixtisoslashgan sinflarda imtihonlar 3 kun ko‘proq davom etadi.
Bitiruvchilar ona tili va adabiyotidan ijodiy bayon yozishadi, o‘zbek tili va chet tilidan, tarix va fizikadan og‘zaki imtihon topshiradi, matematika va kimyodan esa yozma imtihon qilinadi. Shuningdek, jismoniy tarbiyadan imtihonlar topshirish majburiy hisoblanadi.
Ixtisoslashgan maktab va internatlarda faqat ona tili va adabiyoti, matematika bo‘yicha imtihon topshirish talab qilinadi.
O‘z navbatida, 4-8-sinf o‘quvchilari ikkita nazorat imtihoni topshiradi. Birinchi imtihonni 4-5-sinf o‘quvchilari matematikadan, 6-8-sinflar chet tilidan, 7-sinflar esa ona tilidan topshiradi. Ikkinchi imtihon o‘quvchilarning o‘zlari tanlagan fandan olinadi.
Umumta’lim maktablarida o‘quv yili 25 may kuni tugaydi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5399 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Imtihon, o‘quvchilar, O‘zbekiston, Maktab
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное