Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы »

O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihoni natijalari e’lon qilinadi

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihoni natijalari 16-avgust, shanba kuni e’lon qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tarqatilgan e’londa xabar qilindi.
E’longa ko‘ra, Oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihoni natijalari “16-avgust, shanba kuni soat 9:00 dan boshlab e’lon qilinadi”.
Test natijalarini O‘zbekistondagi mobil aloqa operatorlari joriy qilgan SMS xizmatlari yordamida ham bilish mumkin bo‘ladi, deyiladi komissiya e’lonida.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilda OTMlarga kirish imtihonlarini topshirgan abituriyentlar test natijalarini onlayn plastik kartochkalariga ulangan Click xizmati orqali ham bilib olishi mumkin.
Shuningdek, DTM saytida berilgan xabarga ko‘ra, test natijalarini 5100 raqamiga SMS yuborish orqali ham bilish mumkin. Mazkur xizmat faqat Ucell kompaniyasi abonentlari uchun amal qiladi. Bitta chiquvchi SMS narxi — 75 sent.
Fursatdan foydalanib, abituriyentlarga omad tilaymiz! Barcha abituriyentlarni talaba bo‘lishiga tilakdoshmiz!


Категория:
Просмотров: 7865 | Рейтинг: 0| Рейтинг: DTM, Imtihon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:02
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное