Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Internetda firibgarlar test natijalarini bilish mumkin bo‘lgan raqamni tarqatdi

Internetda go‘yoki test natijalarini bilish mumkin bo‘lgan raqam tarqaldi.
Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhiga joylangan (va keyinroq o‘chirib tashlangan) xabarda test natijalari chiqqani, buni bilish uchun ko‘rsatilgan raqamlarni terib, SMS-xabardan so‘ng DTM qog‘ozidagi kodni kiritish kerakligi aytiladi. Xizmat 10 sentga tushishi qo‘shimcha qilingan.
Biroq xizmatni sinab ko‘rgan foydalanuvchilar yozishicha, bu firibgarlarning ishi bo‘lib, raqamni tersangiz, hisobingizdan pul ketgani qoladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq internetda go‘yoki Davlat test markazi rasmiy saytida 1-avgust kuni bo‘lib o‘tgan test sinovi natijalari bekor qilingani haqida berilgan e’lon tarqaldi. DTM saytidan olingan “skrinshot”da 1-sentabr kuni qayta test sinovlari o‘tkazilishi aytiladi.
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihoni natijalari yaqin kunlarda e’lon qilinishi kutilmoqda. Bu haqda Davlat test markazi “Daryo”ga ma’lum qildi. Natijalar aynan qaysi sanada e’lon qilinishi hozircha ma’lum emas, biroq bu aniq bo‘lishi bilan “Daryo” orqali xabar topishingiz mumkin.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5410 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Test natijalari, DTM
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
sanjar6668 buna a firibgarlar testdan oldin ham boshni ogritushadi ozi faqat oz bilimiga ishonadigan odamla oqishga topshirsa yaxshi bolardi alifdan habari yoqlar qancha nima qolganlani aybi puli yoqligidami yoq ex gapirganing bn yomon korinasanda
Like | 0
_KLEOPATRA_ Pfff 8oI firibgarla
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное