Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

DTM: test sinovlari natijalari hafta oxirida e’lon qilinadi

O‘zbekistonning oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun topshirilgan test sinovlari natijalari ushbu hafta oxirida e’lon qilinadi. Bu haqda Kun.uz muxbiriga Davlat test markazi xodimi ma’lum qildi.
“Test sinovlari natijalari hafta oxirida e’lon qilinadi. Aniq sanasini ayta olmayman”, – dedi DTMning ismi tilga olinishini istamagan xodimi.
Shuningdek, u test natijalari chiqishi haqida bir kun oldin e’lon qilinmasligini, abiturientlar o‘z natijalarini maxsus SMS-xizmat orqali bilib olishlari mumkinligini aytdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Milliy universitetidagi manbaimiz test natijalari bugun, 15 avgust kuni e’lon qilinishi mumkinligini xabar qildi.
Eslatib o‘tamiz, 1 avgust kuni imtihon topshirgan abiturientlar to‘plagan ballarini, talabalikka tavsiya etilganligi yoki etilmaganligini hamda o‘qish davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida ekanligini bilish uchun UCell va UzMobile mobil kompaniyalariga ulangan telefonlar orqali 5100 raqamiga javoblar varaqasi raqamini SMS-xabar shaklida jo‘natishi hamda natijalarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qarori chiqqandan keyin bilib olishi mumkin bo‘ladi.
5100 raqamiga jo‘natilgan barcha SMS-xabarlar bepul, 5101 raqamidan kelgan barcha SMS-xabarlar narxi 0.75 dollarni tashkil qiladi.
Test sinovi natijasi bilan bog‘liq SMS-xizmatlar Ucell va UzMobile mobil kompaniyalariga ulangan telefonlar orqali amalga oshiriladi.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 22351 | Комментарии: 19 | Рейтинг: 1| Рейтинг: test sinovlari natijalari, DTM, hafta oxiri, e’lon qilinadi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 19
omina1710 iloyim talabalik nasib etsin, kiringlar o'qinglar paxta terilar, keyin sessiya olg'a...
Like | 0
1555556 Omad!
Like | 0
nilufar0501 Qacon ciqadi bilmislami
Like | 0
matunka Qachon javobi chiqarkan ewitmadilami. Adawmasam bugun 9 da dyudi DTM nu dare yoku xali
Like | 0
Damir_95_ Topshirganla xammelaga omad kirip ketila
Like | 0
radrika Nimaga javoblari chiqmayapti
Like | 0
begim4155 Sabr kosa toldiyu.nega javobla ciqmayabdi
Like | 0
alcatel4304 Nega xaliyam natijalar elon qilinmayaptii? :(
Like | 0
alcatel4304 Nega xaliyam natijalar elon qilinmayaptii? :(
Like | 0
radrika Nimaga haliyam sms kelmayapti nega hali javoblari chiqmadi
Like | 0
maftuna Hammaga omad.
Like | 0
Jek3221 Hamma qatori manam kirvolay grantga. Hammaga omaaaaaa
Like | 0
NaTaLi Ilohim talaba bo'lishsin topshirganlar. O'zim ham tushunaman bu vaziatni qanaqa bo'lishini. Chunki bir necha yillar oldin shunaqa holatda edim. Barcha abiturientlaga omad yor bo'lsin!!!
Like | 0
boburjumayev Hali chiqmadimi javoblari
Like | 0
Jakhangir Iloym krbketilu
Like | 0
2536789 admin janoblari nega mani fikrim chiqmadi
Like | 0
@Kamilla@ HAMMA ABITURIYENTLAGA OMAD YOR BOSIN VA TALABA DGAN NOMGA MUSHARRAF BO'SIN! OMAD!
Like | 0
2536789 rahmat etganiz kesin kirib ketilu ishqilib
Like | 0
samiyeva hammaga omad iloyim kirgan bolila man topwirmagan bosamda juda xayajondaman slaga omad keyingil bzaga omad xammaga talaba boliw nasb qsin
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное