Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Soundtreck-Великолепный Век
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Qirolicha - Stakan Version
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Bayden ma’muriyati “Vagner” guruhini terrorchi tashkilot deb tan olish masalasini ko‘rib chiqmoqda
AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasini terrorchi tashkilot deb e’lon qilish-qilmaslik masalasini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi Bloomberg ikki manbaga tayanib.

AQSH bunday variantni “xususiy harbiy kompaniyaning Ukrainadagi ishtiroki va uning Afrikada kuchayib borayotgan faoliyatini cheklash harakatlarining bir qismi sifatida” ko‘rib chiqmoqda, deb yozadi agentlik. Manbalarga ko‘ra, yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. Oq uy va Davlat departamenti bu haqda izoh bermadi.

Tuzilma terrorchi organlar ro‘yxatiga kiritilsa, AQSH rasmiylari ushbu tashkilot a’zolarini jinoiy ta’qib qilish, shuningdek, uning butun dunyo bo‘ylab xalqaro aktivlarini kuzatish huquqiga ega bo‘ladi.

Noyabr oyi boshida Politico nashri Yevroparlament deputatlari ham Yevropa Ittifoqi rasmiylarini “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb tan olishga chaqirgani haqida yozgandi. Deputatlar kompaniya jangchilari Ukrainada xalqaro huquqni buzayotganini ta’kidlagan.

“Vagner” o‘zi qanday guruh?

“Vagner” guruhi birinchi marta Ukrainada 2014-yilda paydo bo‘lgan va Rossiyaning Qrimni egallab olishida muhim rol o‘ynagan edi. Unga maxsus topshiriqli bo‘linma sobiq jangchisi Dmitriy Valeryevich Utkin asos solgan deb hisoblanadi, u guruhga Gitlerning sevimli kompozitori Richard Vagnerning nomini bergan.

 

Ko‘plab G‘arb OAVlari “Vagner” guruhi to‘g‘ridan to‘g‘ri Vladimir Putinga bo‘ysunishini yozadi. Uning yollanma jangchilari bolalarni o‘ldirish, ayollarni zo‘rlash va qiynoqqa solish, shuningdek, shafqatsiz qotilliklarda ayblanib keladi.



Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 636 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ma’muriyati, chiqmoqda, guruhini, tashkilot, DEB, tan, Vagner, masalasini, ko‘rib, olish, Bayden, terrorchi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное